O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Birinchi tibbiy yordam va davosi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Birinchi tibbiy yordam va davosi. Kollapsni keltirib chiqargan sabablarni 
bartaraf qilish (qon oqishini to’xtatish, intoksikasiyaga qarshi kurash) bemorga 
ruxiy va jismoniy jihatdan to’la orom berish, isitish zarur. Teri ostiga 0.5 ml 0.1%
li adrenalin. 1,0 25 % li kofein eritmasi teri ostiga 1,0-2,0 ml 0,2 % li noradrenalin, 
1,0 ml 1,5% li mezaton eritmasi vena ichiga in'eksiya qilinadi.
SHOK 
Shok (fransuzcha-zarba) haddan tashqari kuchli taassurotlar natijasida nerv, 
endokrin, nafas va qon aylanish tizimlarining faoliyati hamda moddalar 
almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi. O'tkir tomirlar etishmovchiligining 
eng og'ir formasidir.Shok shikastlanishda, tananing ko'p qismi kuyganda jarohat 
shoki), allergik reaksiyalarda (anafilaktik shok), o'tkir miokard infarktida 
(kardiogen shok), kuchli hayajonlanish, asab va ruxiy buzilishlarda (emosional 
shok), qon gruppasi to'g ri kelmagan qon quyilganda (gemotrnsfuzion shok) yuz 
beradi. 
Jarohat shoki ko'pincha bosh ko'krak, qorin, chanoq va oyoq qo'llarning 
shikastlanishda, tanuning ko'p qismi kuyganda sodir bo'ladi. 
Jarohat shokining 2 ta fazasi farq qilinadi: 
Erektil faza - qiska muddatli qo'zg’alish, so’ngra torpid - pasayish fazasi. Shokning 
boshlang’ ich fazasida bemor bezovtalanadi, qarashlari bejoli, havo 
yetishmayotganidan noliydi, teri va shilliq pardalari oqarib, sovuq ter bosadi. 
Keyingi fazasida bemorning ahvoli og’irlashib, atrof muhit va kishilarga befarq 
bo'lib qoladi. Og'riqni ezish kamayadi, ba'zan umuman sezmaydi. Rangi oqarib, 
tana harorati pasayadi. Nafasi va pulsi ezlashadi. Qon bosimi pasayadi. 
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Qоn oqishini to’xtatish, oyoq, qo'l organlari 
shikastlangan bo’lsa, ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qo’yish, 
yonayotgan kiyim boshlarni o’chirish zarur. Bemorga tinch sharoit yaratib, uni 
isitish, shirin choy va issiq ichimliklar berish kerak. So’ngra shikastlangan kishini 
zudlik va ehtiyotkorlik bilan kasalxonaga olib borish arur. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin