qo’yadigan davrlarda antideprisantlar, trankvilizatorlar (elenium. relanium,
seduksen) buyuriladi.
Insult (miyaga qon quyilishi)
Miyaga qon quyilishi gipertoniya kasalligi va bosh miya
tomirlari aterosklerozi
asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham,
uyquda yotgan paytda am paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish,
beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi,
burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish xarakterli bo'lib, nafas qisishi bilan
birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak
nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta
uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning
falaj bo'lib qolganligi,
yuz assimetriyasi
(yuzning bir tomonida mimika muskullarining
falaji) va anizakoriya
(qorachiqlarining bir xil emasligi) kuzatiladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi
mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-
ko'pmi buzulishi kuzatiladi.Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Avvalo, bemorni
karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining
tugmalarini bo’shalish, xonaga yetarlicha
sof havo
kirib turishini
ta'minlash zarur.
Boshiga
muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni
bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit
yaratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan
vositalar berish kerak (valeirana
nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar
- dibazol, papaverin)
nafas olishni kuzatib borish, tilni
orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralami
ko’rish,
og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach
bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina,
karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin.
Dostları ilə paylaş: