O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Davolash. Qizamiqning yengil va asoratsiz turlarida bemorlarni uy haroratida 
davolash mumkin. Kasallikni davolashda gigiena qoidaiariga, kun tartibiga rioya 
qilish, bolani to'g'ri ovqatlantirish, bemor yotadigan xonani tez-tez shamollatib 
turish kabilar katta ahamiyatga ega. Yuqumli kasalliklar kasalxonasiga 
qizamiqning og'ir turlari bilan og'rigan bolalar va asosan 3 yoshgacha bo'lgan 
bolalar yotqiziladi. 
Bemor yotgan xona toza bo'lishi kerak. Uning terisi va shilliq pardalariga diqqat 
bilan qarab borish: bolaning yuzi va qo'llarini tez-tez issiq suvda yuvib turish, 
burnini tozalab turish zarur har kuni bemor ko'zlarini yuvish, lablari qurib 
qolmasligi uchun moy surtib turiladi. Bolalarga yetarli darajada suyuqlik ichirib 
turish lozim. Bemorning ovqati vitaminlarga boy bo'lishi va yengil xazm 
bo'ladigan bo'lishi kerak. 
Profilaktikasi. Qizamiqning oldini olish asosan ikki yo’nalishda epidemiyaga 
qarshi kurash va maxsus profilaktika tarzida amalga oshiriladi. 
Epidemiyaning oldini olish maqsadida bemorlar toshma toshganda 5-kungacha 
ajralib qo'yiladi yoki yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtiriladi, qizamiq 
chiqqan bolalar muassasasida 21 kun davomida karantin e'lon qilinadi. Bemor 
bilan muloqotda bo’lgan bolalar nazorat ostiga olinib, ularning terisi, shilliq 
pardalari va tana harorati muntazam ravishda tekshirib turiladi. Qizamiq 
o'tkazmagan bolalarga gamma-globulin yuboriladi. Bemor yotgan xona yaxshilab 
shamollatiladi va har kuni ho'l latta bilan tozalab turiladi. 
Qizamiqning maxsus profilaktikasida qizamiqqa qarshi faol immunitet hosil 
qilish uchun sog'lom bolalar profilaktik emlash taqvimi bo'yicha ko'rsatilgan 
muddatlarda qizamiqqa qarshi vaksina bilan emlanadi. 
S U V CH E CH А K 
Suvchechak o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, badan terisida o'ziga xos vezikulo-
pustulyoz toshmalarning toshishi bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin