O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə110/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Tarbiyaviy imkoniyat shaxs yoki jamoaning individga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlari.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlari sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligi.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligini aniqlash va mavjud darajasini baholash.
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. Shu sababli har qanday jamoa kabi o‘quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega.



110 Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова.

  • Наманган: НамДУ, 2014. – 171-б.

Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi.
O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin