O`zbеkistоn rеspublikasi


-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash



Yüklə 177,11 Kb.
səhifə5/6
tarix14.09.2023
ölçüsü177,11 Kb.
#128966
1   2   3   4   5   6
Fundamental tadqiqotlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o\'rni.Amaliy tadqiqot va ishlab chiqarish

2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash:
– mamlakat va xorijiy nashrlar bibliografik ro’yxatini tanlash va tuzish (monografiya, darsliklar, maqolalar, patentlar, kashfiyotlar va b.), shuningdek, tanlangan mavzu bo’yicha ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish;
– mavzu bo’yicha manbalar va referatlar annotatsiyasini tuzish;
– mavzu bo’yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
– tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar:
– obyekt va tadqiqot predmetini tanlash, fizik mohiyatini o’rganish va tadqiqot topshirig’i asosida ishchi farazni shakllantirish;
– ishchi farazga muvofiq modelni aniqlash va uni tadqiq etish;
– tadqiq etilayotgan muammo nazariyasini ishlab chiqish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish.
4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (tasdiqlash, to’g’rilash yoki nazariy tadqiqotlarni inkor etish uchun):
– eksperimental tadqiqotlar maqsad va vazifalarini aniqlash;
– eksperimentni rejalashtirish va uni o’tkazish metodikasini ishlab chiqish;
– eksperimental qurilmalarni va eksperimentning boshqa vositalarini yaratish;
– o’lchov usullarini asoslash va tanlash;
– eksperimental tadqiqotlar o’tkazish va ularning natijalarini ishlab chiqish.
5-bosqich. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish va rasmiylashtirish:
– nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ularning farqlarini tahlil qilish;
– tadqiqot obyekti nazariy modelini aniqlashtirish va xulosalar;
– ishchi farazni nazariyaga yoki uning raddiga aylantirish;
– ilmiy va ishlab chiqarish xulosalarini shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash;
– ilmiy-texnikaviy hisobot tuzish va uni retsenziya qildirish.
6-bosqich. Joriy etish va iqtisodiy samaradorlik:
– tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish;
– iqtisodiy samarani belgilash.[A.Radjabov, “Ilmiy tadqiqot asoslari”,13,14-betlar]
Fundamental tadqiqot jamiyat, davlat rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Fundamental tadqiqotlarning foydasi bilimlaming umumiy o’sishiga, dunyoqarash va madaniyatning rivojlanishiga ko’maklashishi bilangina belgilanmaydi. Mazkur tadqiqotlar amaliy-utilitar maqsadlarda ham zarur, zero, ular darhol bevosita foyda keltirmasada, lekin keyinchalik amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar tayanishi uchun ilmiy zamin yaratadi.
Ammo fan va jamiyat o’rtasidagi bu keskinlikni bartaraf etish oson ish emas. Mazkur keskinlik fan rivojlanishining postklassik davrida ham saqlanib qoladi, bizning davrimizga kelib esa fundamental tadqiqotlarning yanada qimmatlashishi munosabati bilan hatto kuchayadi.Hozirgi vaqtda fanga jamiyat xarajatlari fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar o’rtasida tegishli ravishda 1:10:100 nisbatda taqsimlanadi. Mazkur sohalardan band bo’lgan fan kadrlari sonining nisbati ham taxminan shuncha. Fundamental fan paydo bo’lgandan so’ng darhol harakat va bilish, amaliyot va nazariya bir-birini to’ldirib, ijtimoiy rivojlanish darajasini sezilarli darajada oshirishga imkon beradigan muayyan muammolarni birgalikda hal qila boshladi.
Fan taraqqiyoti jarayonida tadqiqot faoliyati sohasida muqarrar ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti paydo bo’ladi.Hatto nazariy sohada ham eksperimentlarni fundamental asosdan ajratish mavjud. Fundamental texnik fanlarning ko’pgina natijalari, masalan, materiallarning mustahkamligi, amaliy mexanika, radioelektronika, elektrotexnika amaliyotda bevosita qo’llanilmaydi, lekin ular asosida turli xil sanoat ishlab chiqarishlari ishlaydi, ularsiz har qanday zamonaviy elektron gadjetni yaratish mumkin emas. .
Hozirgi vaqtda hech kim texnik fanlarni alohida soha deb hisoblamaydi, ular tabiatshunoslik va ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalariga kiritilmoqda. Hozirgi zamon talablariga asosan murakkab va murakkab texnik muammolarni hal qilish uchun amaliy sohalar uchun yangi vazifalar va maqsadlar qo’yiladi, alohida laboratoriyalar yaratiladi, ularda nafaqat fundamental, balki amaliy tadqiqotlar ham olib boriladi.
Zamonaviy texnikalar kundan kunga shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yurtimizda ham yangiliklar qilishni yanada kuchaytirish maqsadida innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 13-oktyabr kuni Moskva shahridagi Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg’armasi kengashi raisi, “Kurchatov institute” Milliy tadqiqotlar markazi vitse-prezidenti, akademik Vladislav Panchenko va jamg’arma rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “O’zbekiston-Rossiya” xalqaro qo’shma ilmiy loyihalar tanlovi doirasida hamkorlikda fundamental tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy etilgan yangi mexanizm - Scopus xalqaro maʼlumotlar bazasidagi Xirsh indeksi 5 va undan yuqori bo’lgan rossiyalik olimlarning hamrahbarligida qo’shma fundamental tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bu o’z navbatida respublikamizda nufuzli yangi ilmiy maktablar va yangi ilmiy yo’nalishlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
“Kurchatov institute” Milliy tadqiqotlar markazi vitse-prezidenti akademik Vladislav Panchenko bilan genetika, genomika, mikrobiologiya hamda yadro tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, ushbu sohalarga oid ilg’or tajriba va yangi texnologiyalarni respublikamizda vinochilikni rivojlantirish, lazer texnologiyalari va yadroviy tibbiyotni rivojlantirishga joriy etishning amaliy mexanizmlari muhokama etildi va hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.Shuningdek, Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg’armasi bazasida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilmiy texnika axboroti markazi masʼul xodimlarining ilmiy loyihalar ekspertizasini tashkil etish bo’yicha ilg’or tajribalarni o’zlashtirish bo’yicha stajirovkasini tashkil etilishi belgilandi.[www.old.mininnovation.uz]. Bu ham o’z navbatida fundamental tadqiqotlarga qaratilgan e’tibor oshayotgani hamda jamiyat rivojlanishida fundamental tadqiqotlar ham asosiy o’rinlardan birida aks etishiga yaqqol misol bo’la oladi. Asosan bizning sharoitda qishloq xo’jaligi hamda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ya’ni elektrlashtirish masalalariga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq agrotexnika va texnologik jarayonlarini amalga oshirishda elektr energiyasidan samarali foydalanish, elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va yuqori sifatli ekologik toza mahsulot olish muammolarni (masalalarini) yechishga bag‘ishlangan.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bino va inshootlarida me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini ta’minlashda elektrotexnologik omillardan foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublika olimlari tomonidan bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda:
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida energiyadan foydalanish samara- dorligini oshirishning ilmiy-metodologik asoslarini yaratish;
– urug‘ni o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida urug‘lik materiallarga, tuproqqa, qishloq xo‘jalik ekinlariga elektrofizik ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlari, o‘simliklari urug‘larini tozalash va saralash elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– ipak qurti urug‘ini tozalash, saralash va qurt bargiga elektr aktivlash- tirilgan suvda ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, meva va uzum sharbati olishni energiya tejamkor elektrotexnologiyalarini yaratish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jalik oqava va ichimlik suvlariga magnit ishlov berish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashni samardorligini oshirishni elektrotexnologiyasi va texnik vositalarini yaratishni ishlab chiqish va tadbiq etish;
– agrosanoat majmuida elektrotexnik uskunalarni energetik servisi, tekshiruvdan o‘tkazish va auditi usullari va tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlarida mikroiqlim va ekologik muhit hosil qilish elektrotexnologiyasi metodologiyasini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va saqlashni unifikatsiyalashgan texnologiyasi va texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dorivor o‘simliklar va boshqa biologik materiallarni ionlashtirilgan issiq havo yordamida quritish elektrotex- nologiyasi va texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
– qishloq xo‘jaligi elektromexanik qurilmalari uchun energiya va resurs tejamkor elektr yuritmalarini ishlab chiqish va joriy etish;
– meliorative nasos stansiyalarida elektr motorlarni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish texnik vositalarini ishlab chiqish va tadbiq etish va boshqa yo‘nalishlarida. [A.Radjabov, “Ilmiy tadqiqot asoslari”,25-bet]
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ilmiy tadqiqotlarsiz hech qanday o’sish,rivojlanish bo’lmaydi. Yangilanayotgan O’zbekistonning taraqqiyot yo‘li fanning turli yo‘nalishlarda rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Olimlarning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlariga alohida e’tibor qaratilib, qadr topdi. Zero, bugungi kunda olimlaming ilmiy kashfiyot va ixtirolami amaliyotga tadbiq qilishi fan va ishlab chiqarishning uzviyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, buning uchun esa, ilmiy tadqiqotlarni olish borish uslubini egallash muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 177,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin