O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

86-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qo‘shma majlislarning, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan ushbu
qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga
shikoyat qilinishi mumkin.
(86-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
87-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovini o‘tkazish
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolari saylovi tegishli qo‘shma majlislarda ushbu Kodeks
talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining o‘rni
bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
15-bob. Mahalliy Kengashlarga saylovning o‘ziga xos xususiyatlari
88-modda. Mahalliy Kengashlarga saylov
Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik
asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga saylov O‘zbekiston
Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa mahalliy Kengashlar vakolatlarining tugash
muddatidan ortiq bo‘lmagan muddat uchun o‘tkaziladi.
(88-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi
qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
89-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan
hujjatlar
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun
qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi
kerak:
saylovda ishtirok etish to‘g‘risida siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi
rahbari tomonidan imzolangan ariza;
siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin
ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, tegishli viloyat,
tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan
sana va vaqt qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar
asosida besh kunlik muddatda partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-
kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushish navbati
tartibiga qarab matbuotda e’lon qilinadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin