Schyotlar tizimi xo'jalik mablag'larini tashkil topish manbalarini, xo'jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o'zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. Ikki yoqlama yozuv — bu xo'jalik jarayonida vujudga keladigan o'zgarishlami schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to'g'ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo'jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o'tkazmasi deyiladi. Schyotlami ular ma’lumotlami qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik schyotlarga ajratish mumkin.
Sintetik schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o'lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa sintetik hisob deb ataladi. Aylanma vedomostlar schyotlaming oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i hamda oy bo'yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Aylanma vedomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib, ularda har bir schyot bo'yicha oy boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi.
Aylanma vedomostdagi o‘zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jumalining jamiga ham teng bo'lishi kerak. Buning sababi har bir xo‘jalik muomalasining summasi registratsiya jurnalida hamda schyotlaming debet va kreditida aks ettiriladi. Bunday o‘zaro tenglik katta nazorat ahamiyatiga ega. Aylanma vedomostning schyotlar bo'yicha qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. Aylanma vedomostlami tuzish ko‘p mehnat talab qiladigan
jarayon bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi shakllarini va hisob registratsiya usullari takomillashishi natijasida aylanma vedomostlar astasekin yo‘qola bormoqda. Hisobni zamonaviy tashkil etishda ular istisno tarzida ayrim hollarda qo‘llaniladi.