108
tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli
uslubda husnixat
bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham
hayotiy mazmun va estetik zavq
beruvchi bezak sifatida
ishlatiladi.
Musiqa san’ati.
IX–XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham
g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar,
xalq sayillari va
boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi.
Bu
davrda sozandalar ud, tanbur, qo‘biz, rubob, nay, surnay,
karnay, qo‘shnay va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va
puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.
Xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining
mumtoz kuyi
“Shashmaqom” uchun poydevor bo‘lgan
“Rost”,
“Xusravoniy”, “Boda”, “Ushshoq”, “Zerafkanda” “Buz
ruk”, “Si
po
hon”, “Navo”, “Basta”, “Tarona” kabi
yangi-
yangi kuylar ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat hamda
musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan
holda taraqqiy
etadi.
Dostları ilə paylaş: