5.
Gudvilni hisoblash (sub’ektning haqiqiy qiymati bilan kelishilgan
bahoning o’rtasidagi farq).
Oxirida firma sub’ektni sotib olgandan keyin, sotib oluvchi har bir
tenglashtirilgan aktiv va gudvil schyotlarining debeti va xar bir qabul
qilingan majburiyatlarni, qiymat tamoyiliga muvofiq, kreditlash orqali
ro’yxatga oladi. Qiymat tamoyili xamma moddalarni sotib olish paytida
baholangan xaqqoniy bozor narxi bo’yicha ro’yxatga olishni ta’minlaydi.
Sotib olingan sanadan keyin har bir aktivning eskirishi, kamayishi yoki
amortizasiyasi, gudvili ham e’tiborga olinishi kerak. Gudvilning
amortizasiyasini ko’rib chiqishdan oldin, agar sotib olish bahosi olingan
sof aktivlarning xaqqoniy qiymatidan past bo’lsa gudvilni tan olish
tartibini ko’rib chiqish lozim.
Salbiy gudvil. Olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati sotib
olinadigan qiymatidan yuqori bo’lganda firmani sotib oluvchilar uchun bu
foydali xarid qilingan hisoblanadi. Olingan aktivlarning xaqqoniy qiymati
bilan sotib olinadigan narx orasidagi farqi sifatida hisoblanadigan
gudvilning summasi salbiy hisoblanadi va u bedvil yoki salbiy gudvil deb
nomlanadi. O’z ichiga salbiy gudvilni olgan muomala sotuvchi tomon
uchun norasional yoki maqsadga muvofiq bo’lmagan hisoblanadi, chunki
sotuvchi butun firmani sotishdan ko’ra aktivlarni alohida sotishdan
ko’proq foyda oladi. Lekin, bunday holatni alohida sotish bo’yicha
alternativ tavakkalchilikni o’ziga oluvchi yo vaqt yoki resurslarning
yo’qligidan kelib chiqadi. Agar bunday holat yuz bersa, har bir ro’yxatga
olingan salbiy gudvil (bedvil) kreditli qoldiqqa ega bo’ladi.
Har bir salbiy gudvil (bedvil) firma olgan moddiy aktivlarga beriladigan
bahoni kamaytirish maqsadi bilan mutanosib taqsimlanishi kerak. Moddiy
aktivlarning bahosini shunday darajagacha pasaytirish kerakki, natijada
salbiy gudvil (bedvil) chiqib ketsin.
Dostları ilə paylaş: