chilar
bo’yicha qarzlarni to’lash
uchun resurslarning
mavjudligini aniqlash
Xaridorlar
Mahsulotga qo’yilgan
narxlarning asoslanganligi
Moliyaviy hisobot
Statistika
organlari
Statistik umumlashtiruvlar
Statistika
hisobotlari.
Moliyaviy hisobot
Umuman olganda, buxgalteriya hisobi fani boshqa iqtisodiy fanlar
singari jamiyatning rivojlanib borishi bilan u ham xo’jalikni
boshqarishning asosiy qurollaridan biri sifatida doimo rivojlanib boradi.
Buni masalan, buxgalteriya hisobining boshqa sohadagi o’zgarishlar va
takomillashishini inobatga olmay turib, schyotlar rejasining o’zgarishlarida
ham ko’rish mumkin. Jumladan, schyotlar rejasidagi eng katta o’zgarish
1960 yilning 1 yanvarida sodir bo’lgan. Bunda buxgalteriya
hisobining
sintetik schyotlarining soni ancha qisqartirilib, ularning kodi (raqami) uch
raqam (000)li belgidan ikki (00) raqamli belgiga aylantirilgan. Bu esa
buxgalteriya hisobini soddalashtirishdan tashqari, uni mexanizasiyalash va
avtomatlashtirishda o’z vaqtida juda qo’l kelgan.
Schyotlar rejasida
keyingi qisman o’zgarishlar 1985, 1986 va 1987 yillarda yuz bergan. Bu
o’zgarishlar xo’jalik mexanizmida sodir bo’lgan o’zgarishlar va
takomillashtirishlar munosabati bilan yuz bergan.
Schyotlar rejasining oxirgi o’zgarishi bizning Respublikamizda 2002
yil 9 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 103-
sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining
milliy standarti (21-BHMS) «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
Schyotlar rejasi va uni
qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma» (Yangi tahrirda) tasdiqlandi va
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-
son bilan ro’yxatga olindi. Ushbu schyotlar rejasi 2002 yil 2 noyabrdan
boshlab kuchga kirgan.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi qarorlar
qabul qilish uchun zarur
bo’lgan axborotni o’lchash, ishlash va topshirish tizimi sifatida
ta’riflanadi.
Dostları ilə paylaş: