O bobojonov k. Jumaniyozov


Aktivlar  =  majburiyatlar + kapital



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Aktivlar 
=
 majburiyatlar + kapital
Shuningdek bizga ma’lumki, sub’ektning hisob registrlarida aks 
ettiriladigan hodisalar xo’jalik muomalalari deb baholanib, har bir xo’jalik 
muomalasi hisob registrlariga ikki tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Chunki 
buxgalteriya hisobining tizimi shunday tashkil qilinganki, xo’jalik 
muomalasining har ikkala ta’siri ham hisob registrlarida aks ettirilishi 
shart. Shuning uchun buxgalteriya hisobi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb 
nomlangan. 
Buxgalteriya hisobining ikkilamchi konsepsiyasini tushuntirishda 
quyidagi voqeaga murojaat qilamiz. Fuqaro Ahmedov yangi sub’ekt 
ochayapti deb faraz qilamiz. Buning uchun u birinchi navbatda bankda 
schyotini ochib, o’zining shaxsiy pullaridan 1000 ming so’m topshirdi 
deylik. Bu xo’jalik muomalasining ikkilamchi ta’siri shundaki, endi 
sub’ekt 1000 ming so’mlik pul mablag’lari, ya’ni aktivga ega bo’ldi, 
fuqaro Ahmedov, mulk egasi esa bu aktivlarga nisbatan 1000 ming 
so’mlik talabga ega bo’ldi. Boshqacha qilib aytganda, buni quyidagicha 
ifodalash mumkin:
Aktivlar (pul mablag’lari), 1000 ming so’m
=
Passivlar egasining 
kapitali, 1000 ming so’m.
Navbatdagi xo’jalik muomalasi 300 ming so’mlik bank kreditini 
olishdan iborat bo’lgan. Bunda hisob registrlari ikki yo’nalishda 
o’zgartirilgan:
29


1) ularning pul mablag’lari 300 ming so’mga ko’payib, 1300 ming 
so’mni tashkil qilganligini ko’rsatadi va 2) ularning aktivlariga yangi talab
ya’ni bankning 300 ming so’mlik talabining paydo bo’lganligini 
ko’rsatadi.
1.5. Hisobot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar.
Uzluksizlik. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi sub’ektning xo’jalik 
mablag’lari va ularning tashkil topish manbalarining harakatini ko’rsatadi. 
Buning uchun u xo’jalik jarayonidagi barcha muomalalarining ustidan 
yoppasiga va uzluksiz kuzatuv olib borib, natijada olingan ma’lumotlarni 
o’lchash va xujjatlarda aks ettirish yo’li bilan ularni yagona pul o’lchovida 
umumlashtirgan holda ko’rsatib beradi. Shuning uchun buxglteriya hisobi 
ayrim sub’ektlarda sodir bo’layotgan jarayon va xo’jalik muomalalarini 
uzluksiz kuzatish va ketma-ket qayd qilishni amalga oshirish va xo’jalik 
faoliyatini har tomonlama nazorat qilish usuli hisoblanadi.
Xo’jalik muomalalarining aktiv va passivlarini pulda baholash. Bu 
prinsip universal o’lchagich sifatida pul o’lchagichidan foydalanishni 
anglatadi.
Umumiylik. Moliyaviy hisobot faqat pulda ifodalangan axborot 
sifatida qayd qilinadi. Bunday hisobning afzalligi shundaki, unda pul 
umumqabul qilingan o’lchagich hisoblanib, uning vositasida sodir bo’lgan 
turli-tuman xodisalarni umumlashtirish mumkin bo’lgan ko’rsatkich, ya’ni 
pulda ifodalash mumkin bo’ladi.
Lekin shunday afzalliligiga qaramasdan, buxgalteriya hisobi biznesda 
muhim hisoblangan ba’zi holatlarni, masalan, firma prezidentining 
sog’lig’i, qurilishning boshlanish vaqti, raqobatchi sub’ekt bozorga 
yaxshiroq mahsulot olib chiqqanligi kabi hodisalarni aks ettirmaydi.
Ishonchlilik. Bu prinsip buxgalteriya hisobining axborotlari xatosiz 
ekanligi va rostlikni anglatadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qonuni va 
qoidalarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda jazolanadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin