6. Vaqt bilan bog’lanish. Moliyaviy hisob tashkilotning moliyaviy
tarixini aks ettiradi. Buxgalteriya o’tkazmalari xo’jalik muomalalari sodir
bo’lib o’tgandan keyin beriladi. Garchi moliyaviy hisobning ma’lumotlari
rejalashtirish uchun asos qilinib olinsa ham, ular o’z tabiatlariga ko’ra tari-
xiy xususiyatga egadir. Boshqaruv hisobi tarixiy xususiyatga ega bo’lgan
axborot bilan birgalikda, kelajakni baholash va rejalashtirishni ham o’z
tarkibiga oladi. Moliyaviy hisobning vazifasi – u qanday bo’lganligini
ko’rsatish bo’lsa, boshqaruv hisobi – u qanday bo’lishi kerakligini
ko’rsatadi.
7. Axborotning ko’rinishi −
shakli. Moliyaviy hisobning pirovard
mahsuli bo’lgan moliyaviy xujjatlar asosan pul ifodasidagi axborotdan
iborat. Boshqaruv hisobi ham pul ifodasidagi, ham pulda ifodalanmagan
axborotni beradi. Boshqaruv hisobida materiallarning miqdori va uning
qiymati, sotilgan buyumlarning soni va ularni sotishdan tushgan pulning
summasini aks ettiradi va hokazo.
8. Axborotning aniqlik darajasi. Firmaning ma’muriyatiga o’z
vaqtida olingan axborot kerak va bunda ko’pincha axborotni tezroq olish
foydasiga axborotning aniqligiga qo’yilgan talablarni ma’lum darajada
bo’shashtirishga ham yo’l qo’yish mumkin. Shunday qilib boshqaruv
hisobidan ko’pincha, aniq bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda, taxminiy
ma’lumotlardan ko’proq foydalaniladi. Albatta, moliyaviy hisobning
ma’lumotlari ham har doim juda aniq bo’lishi kerak, lekin boshqaruv
hisobida, moliyaviy hisobga qaraganda taxminiy ma’lumotlardan ko’proq
foydalaniladi.
9. Hisobotning davriyligi. To’liq moliyaviy hisobot sub’ekt
tomonidan yilning yakuni bo’yicha tuziladi, unchalik batafsil bo’lmagan
hisobot esa har chorakda tuziladi. Boshqaruv hisobida esa batafsil
hisobotlar katta tashkilotlar tomonidan har oyda tuziladi. Faoliyatning
ayrim turlari bo’yicha hisobotlar har oyda, har kuni, ba’zi paytlarda esa –
shu ondayoq tuzilishi mumkin.