O bobojonov k. Jumaniyozov



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Hisoblash (nachislenie). Hisoblash usuli sub’ektning buxgalteriga 
tegishli daromadlar va xarajatlarning qaysi hisobot davriga tegishli 
ekanligini hal qilish imkonini beradi. Hisoblash usuliga binoan daromad-
lar, garchi olinadigan pul mablag’lari sotuvchining schyotiga hali 
o’tkazilmagan bo’lsa ham tegishli mahsulot qaysi hisobot davrida 
jo’natilgan yoki xizmatlar bajarilgan bo’lsa, o’sha davr (oy)ga tegishli 
bo’ladi. Shuningdek xarjatlar ham, ular sub’ekt tomonidan shu hisobot dav-
rida to’langanmi yoki yo’qmi, undan qat’iy nazar, qaysi hisobot davrida 
30


yuzaga kelgan bo’lsa, o’sha hisobot davrida aks ettiriladi. Shu bilan birga, 
hisoblash usuli ehtiyotkorlik prinsipidan foydalanishni ham nazarda tutadi.
К
onservatizm (ehtiyotkorlik)
 
 . Ehtiyotkorlik yoki konservatizm 
prinsipi hisobot xujjatlarida aktivlar va foydaning baholanishini, ish va 
xizmat ko’rsatish va majburiyatlarning baholanishini pasaytirib ko’rsatishga 
yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi. Shuning uchun potensial ziyonlar yoki 
zararlarni aks ettirish uchun, potensial foydani aks ettirishga qaraganda 
kamroq asoslardan foydalansa ham bo’laveradi, degan ma’noga ega.
Ehtiyotkorlik prinsipini aks ettirishlardan biri pastroq baholash 
qoidasi, ya’ni tannarx yoki bozor narxida baholash hisoblanadi. Bu 
qoidaning mohiyati shundaki, agarda sub’ekt o’zining aylanma 
mablag’larini bir narxda sotib olganu, lekin hozirgi paytda ularning narxi 
tushib ketgan bo’lsa, unda sub’ekt o’zining hisobot xujjatlarida 
mablag’larini joriy bozor narxida aks ettirib, farqlarini joriy davr 
zararlariga o’tkazishi kerak bo’ladi. Lekin, agar mazkur hisobot davridagi 
aylanma aktivlarning bozor narxi shu aktivlarning sotib olish narxiga 
qaraganda oshib ketgan bo’lsa, unda sub’ekt o’z aktivlarini shu oshib 
ketgan bozor narxi bo’yicha haqiqatda sotilishi daqiqasigacha o’z 
xujjatlariga hech qanday o’zgartirishlar kiritmaydi. Buxgalteriya hisobida 
qabul qilingan bunday tartib bozordagi o’zgaruvchan holatlarni va u bilan 
bog’liq bo’lgan sub’ektning xo’jalik faoliyati va uning mulkchilarining 
tavakkalchiligini hisobga olish imkoniyatini beradi. Bu konsepsiyadan 
amaliy foydalanish maqsadida bozor iqtisodiyotidagi davlatlarda maxsus 
qoidalar, ya’ni moliyaviy hisob va hisobot standartlari ishlab chiqiladi. Bu 
standartlar tashqi foydalanuvchilar uchun atalgan moliyaviy hisob va 
hisobot xujjatlarini tuzishda ma’lum konseptual birlikni ta’minlash uchun 
xizmat qiladi. Bu narsa shuningdek moliyaviy hisobotni tuzishda muhim 
bo’lgan yana bir prinsip hisoblangan tashqi foydalanuvchilarga tushunarli 
bo’lishlikni ham ta’minlaydi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin