bo’nak sifatida olingan pul mablag’larining majburiyatlarini vujudga
keltiradi va tovar, hamda xizmatlarning haqiqiy sotilishi ro’y
bermaguncha, daromad deb ataladi. Muddati uzaytirilgan daromadlarga
quyidagilarni misol tariqasida kelitirsh mumkin: oliy va o’rta maxsus
o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun to’lovlar; ijara to’lovlari; chiptalarning
sotilishi; davriy nashrlarga obuna to’lovi va boshqalar. hali etkazib
berilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul
mablag’larining kirimi 6230-«Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
schyoti kreditining 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyotining debeti bilan
korrespondensiyalanishi orqali aks ettiriladi. Кelgusi hisobot davriga
tegishli daromadlar bir me’yorda 6230-«Boshqa muddati uzaytirilgan
daromadlar» schyotining debetidan 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan
olingan daromadlar», 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar»
yoki 9030-«Bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan
daromadlar» schyotlarining kreditiga o’tkazib boriladi va tayyor
mahsulotlarni, tovarlarni, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni
sotgandan keyin daromad sifatida tan olinadi.
6240-«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan
majburiyatlar» schyoti bo’yicha analitik hisoblar har bir soliq va majburiy
to’lovlarning turi va qoplash muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
6290-«Muddati uzaytirilgan boshqa majburiyatlar» schyotida
sub’ektning yuqoridagi schyotlarda ko’rsatib o’tilmagan muddati
uzaytirilgan boshqa majburiyatlari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish
uchun mo’ljallangan va analitik hisobi ushbu majburiyatlarning har bir turi
bo’yicha alohida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: