12
I-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI TUSHUNCHASI,
IMKONIYATLARI, NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar
samaradorligi ko‘p jihatdan jamoatchilik nazoratiga bog‘liqligi oddiy haqiqat.
Jamoatchilik nazoratining mazmuni-mohiyati, shakllari va uslublarini qanday
holatlarda namoyon bo‘lishining nazariy hamda amaliy
jihatlarini tadqiq etish
bugungi kun olimlari oldida turgan dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan,
ushbu Dissertatsiya ishi jamoatchilik nazorati,
uning ijtimoiy ahamiyati,
jamoatchilik
nazoratini
ta’minlashning ijtimoiy-huquqiy mexaniyazmlari
masalasiga bag‘ishlangan.
Ishning ushbu bobi “Jamoatchilik
nazorati tushunchasi, elementlari,
funksiyalari va prinsiplari”, “Jamoatchilik nazoratini ta’minlash zaruratini
yuzaga
keltiruvchi omillar”, “Jamoatchilik nazoratini asoslovchi ilmiy-nazariy
konsepsiyalar klassifikatsiyasi”ni o‘z ichiga olgan
uchta paragraf doirasida
jamoatchilik nazorati tushunchasi, uni harakatga keltiruvchi obyektiv va subyektiv
imkoniyatlarning ijtimoiy-falsafiy mazmun mohiyati ijtimoiy makon va tarixiy
zamon, alohidalik, maxsuslik va umumiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun,
imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar nuqtayi nazaridan
ilmiy-nazariy tahlil
qilingan. Ishning ushbu bobi birinchi qismida jamoatchilik nazorati tushunchasi,
uning ijtimoiy muammolarni aniqlash
va yechimidagi imkoniyatlar, ijtimoiy
hayotda namoyon bo‘lishi hamda xususiyatlari yoritib beriladi.
Ikkinchi qismida
jamoatchilik nazoratini ta’minlash zaruratini yuzaga keltiruvchi omillar tahlil
qilinib, unda jamoatchilik nazoratining ijtimoiy zarurati ko‘rsatib berilgan.
Uchinchi qismida jamoatchilik nazoratini asoslovchi
ilmiy-nazariy konsepsiyalar
klasifikatsiya qilingan hamda ularning ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan.
Dostları ilə paylaş: