14
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni – demokratiyaning asosiy belgisi sifatida
qaraydi[70]. Bundan ko‘rinadiki jamoatchilik nazorati fenomeni ham demokratik
tamoyillarni amalga oshirishda muhim omillardan biri vazifasini bajaradi.
N.M.Zubarev fikricha jamoatchilik nazorati − davlat organlari faoliyatining
normativ-hukuqiy standartlarga muvofiqligini aniqlash, to‘g‘rilash bo‘yicha
fuqarolik jamiyati institutlari va alohida fuqarolarning vakolatli davlat organlari
yoxud jamoatchilik fikriga murojaatlari bo‘yicha tizimli faoliyatidir, deb
ta’riflaydi[25; 5-s.]. N.M.Zubarov bu fikri orqali bir tomondan davlat organlarining
faoliyati normativ-huquqiy xujjatlarga mos bo‘lishini asoslamoqchi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish orqali ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlaydigan, jamiyat, xalq manfaatlariga mos keladigan normativ huquqiy
xujjatlar ishlab chiqish lozimligini ko‘rsatadi.
R.E.Arutyunyanning
keltirib o‘tishicha, jamoatchilik nazorati −
ixtisoslashtirilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar va mansabdor shaxslar
faoliyatini tartibga solib turuvchi tizim bo‘lib, unga o‘z o‘zini boshqaruvchi
organlarni kiritish mumkin[49; 12-s.]. Olimning yuqoridagi fikri orqali jamoatchilik
atamasi tushunchasiga bir tomonlama yondashgan bo‘lib, ya’ni jamoatchilik
nazorati ixtisoslashtirilgan organlar, tashkilotlar, muassasalar va mansabdor
shaxslar faoliyatini tartibga solib turish bilan chegaralanib qolmasdan, jamiyatning
turli sohalarini (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy) nazoratini qilishni anglatadi.
Ushbu fikrni rus olimi N.L.Peshin qarashlari orqali asoslash mumkin.
“Mahalliy hokimiyat organlariga davlat hokimiyatining “nazorat qiluvchi agenti”
sifatida qaralsa, ularga erkin harakat qilish imkonini berilsa – davlat organlarining
amaldagi qonunchilik normalariga qay darajada amal qilayotganligini kuzatuvchi
jamoatchilik nazorati yuzaga keladi”[35; 311-332-s.].
Christopher Hood tomonidan taqdim etilgan nazariya bo‘yicha jamoatchilik
nazorati − turli guruhlarni bir-biriga uyg‘unlashtiradigan, tartibga soluvchi yoki
nazorat shaklini olib buruvchi jamoa tizimi bo‘lib, namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra
to‘rtta muhim shaklga ega. Bo‘lar:
Dostları ilə paylaş: