www.ziyouz.com kutubxonasi
133
ko’tarmaydi. Talbiya har gal uch martadan qaytariladi. Uning orasi gap bilan
bo’linmaydi. Agar biror kishi salom bersa, javob qaytaradi. Lekin talbiya aytayotgan
kishiga salom berish karih amaldir. Agar biror ajablanarli narsa ko’rsa: «Labbayka innal
‘aysha ‘ayshul axiroti», deb Rasulullohga iqtido qilgan holda aytadi. (Ma’nosi:
Toatingdaman, haqiqiy yashash oxiratdagi yashashdir.) Ana shu talbiyani nahr kuni
Aqabada tosh otguncha yoki ifoda tavofini ado etgunicha aytadi. Mana shu amallardan
birortasiga kirishsa, talbiyani to’xtatib, takbir bilan mashg’ul bo’ladi.
Fasl: Agar ehromdagi kishi Makkadagi haramga yetsa (Alloh uning sharafini ziyoda
qilsin), quyidagi duoni o’qishi mustahabdir:
«Allohumma haza haromuka va amnuka faharrimniy ‘alan nari va amminiy min ‘azabika
yavma tab’asu ‘ibadaka vaj’alniy min avliyaika va ahli to’atik». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu
Sening haraming va omonlik yeringdir. Do’zaxni menga harom et. Azobingdan meni
omon saqla. Meni avliyolaring va toat ahli qatorida qil.)
Fasl: Kim Makkaga kirgach, ko’zi Ka’baga tushsa, quyidagi duoni o’qiydi. Chunki Ka’bani
ko’rganda musulmonning qilgan duosi ijobat qilinadi, deyilgan:
«Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va ta’ziyman va takriyman va mahabatan va zid
man sharrofahu va karromahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman
va ta’ziyman va birron», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu uyning sharafini, ulug’ligini,
hurmatini, haybatini ziyoda qil. Va uni sharaflagan, hurmatlagan, haj qilgan, umrani
bajargan kishilarning sharafini, ulug’ligini, yaxshiligini ziyoda et). Yana:
«Allohumma antas salamu va minkas salamu hayyina robbana bissalam», deb aytadi.
(Ey Rabbim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir.),
deb aytadi. So’ngra dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rab, xohlaganicha duo qiladi.
Masjidga kirganda esa, masjidga kirish duosini o’qiydi.
Atodan qilingan rivoyatda, Rasululloh agar Baytullohga yo’liqsalar,
«A’uzu birobbil bayti minal kufri val faqri va ziyqis sodri va ‘azabil qobri», deb aytardilar.
(Ma’nosi: Baytullohning Rabbi ismi ila kufrdan, kambag’allikdan, qalb ziqnaligidan, qabr
azobidan panoh tilayman.)
Baytullohga kirilganida, quyidagi duoni o’qish ham yaxshi amaldir: «Allohumma antas
salam va minkas salam va ilayka yarji’us salam, hayyina robbana bis salam va adxilna
daroka daros salam. Tabarokta robbana va ta’alayta ya zal jalali val ikrom». (Ma’nosi:
Ey Allohim, Sen salomsan, salom Sendandir. Salom Senga qaytuvchidir. Ey Rabbimiz
bizni salom bilan tiriltir, hovling bo’lmish salom hovlisiga bizlarni kirit. Ey Rabbimiz, bizni
barakotli va oliy qil. Sen ulug’ va hurmatli zotsan.)
Fasl: Hajarul asvadni ushlaganda va tavofning boshlanishida:
«Bismillahi vallohi akbar, Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bi kitabika va vafa`an
biahdika vattiba’an lisunnati nabiyyka sollallohu alayhi vasallam», deb, aytish mustahab
amal. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan Uni ulug’lab, Ey Rabbim, Senga iymon keltirib,
kitobingni tasdiqlab, ahdingga vafo qilib, Payg’ambaringning sunnatiga tobe’ bo’lib
boshlayman.)