153-bob. Haj zikrlari bobi Bilingki, hajning zikr va duolari juda ko’pdir. Lekin ulardan muhimlarini aytib o’tamiz. Bu
zikrlar ikki qism: 1) safardagi zikrlar; 2) hajning o’zidagi zikrlar.
Safardagi zikrlarni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz. Ammo Hajdagi zikrlarni haj amallari
tartibiga binoan bayon etamiz. Bu bob juda uzun bo’lgani sababli, o’quvchiga malol
kelmasligi uchun muxtasar uslubni tanladik.
Kim ehrom kiymoqchi bo’lsa, avval tahorat oladi, so’ng g’usl qilib, izor va ridosini kiyadi.
Tahorat, g’usl va kiyim kiyishdagi duolarni oldingi boblarda zikr qildik, o’shalarni aytadi.
Keyin ikki rak’at namoz o’qiydi. Birinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni, ikkinchi
rak’atida «Qul huvallohu ahad»ni o’qiydi. Namozdagi zikrlarni aytadi. Namozni
tugatganidan keyin xohlaganicha duo qiladi. Agar ehrom kiyishni xohlasa, qalbi bilan
niyat qilib, ushbu duolarni o’qiydi:
«Navaytul hajja va ahramtu bihi lillahi azza va jalla». (Ma’nosi: Hajni niyat qilib, Alloh
azza va jalla yo’lida ehrom kiydim.)
Yoki: «Allohumma inniy uriydul hajja fayassirhu liy va taqobbalhu minniy». (Ma’nosi: Ey
Rabbim, haj qilishni xohlayman, uni menga oson qilib, mendan qabul et.)
Va yana:
«Labbaykallohumma labbayk, labbayka la shariyka laka labbayk, innal hamda
vanni’mata laka val mulk, la shariyka lak». (Ma’nosi: Labbay, Allohim, Senga
itoatdaman. Senga itoatdaman. Sening sheriging yo’q. Labbay Senga. Albatta, hamd,
ne’mat va mulk Senikidir. Sening sheriging yo’q.)
Bilingki, talbiya aytish sunnatdir. Uni tark qilsa ham, haj va umrasi sahih bo’laveradi,
lekin Rasulullohga iqtido qilinmagan bo’ladi. Ba’zilar uni vojib deb, haji sahih bo’lishi
uchun aytishni shart qilishgan. Lekin avvalgi so’zimiz kuchliroqdir. Boshqa kishi uchun
ehrom kiyadigan bo’lsa: «Navaytul hajja va ahromtu bihi lillahi ta’ala ‘an fulan», deb
talbiyani oxirigacha o’qiydi va kimning nomidan haj qilayotgan bo’lsa, o’shaning ismini
aytadi.
Talbiyadan keyin Rasulullohga salovot aytiladi, o’ziga va dunyoyu oxirat ishlarida
xohlagan kishisi haqqiga duo qiladi, Allohning roziligi va jannatini so’rab, do’zaxdan
panoh tilaydi. So’ng yana talbiyani aytishni boshlaydi, iloji boricha ko’paytiradi. Tik
turganda, o’tirganda, piyoda yurganda, biror narsa minib ketayotganda, yonboshlab
o’tirganda, biror yerdan tushayotganda, sayr qilib yurganda, tahoratsiz, junub, hayz
holatida, kunduzi, kechasi, saharda, do’stlar bilan jam bo’linganda, namoz so’ngida,
masjidlarda, qo’yingki, tavof bilan sa’ydan tashqari hamma vaqt talbiya aytish
mustahabdir. Tavof bilan sa’yda esa, o’zining maxsus duolari bor, ana shu duolar ila
mashg’ul bo’linadi.
Talbiyani aytishda unga mashaqqat bo’lmasa, ovozini balandlatadi. Lekin ayollar ovozini