www.ziyouz.com kutubxonasi
54
ma fiyhi va sharri ma ba’dah», deb aytsin. So’ngra kech kirganida ham xuddi shunday
desin», dedilar. (Ma’nosi: Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo’lgan
holda tong ottirdik. Ey Rabbim, bu kunning yaxshisini, fath bo’lishini, g’alabasini, nurini,
barakasini, hidoyatini so’rayman. Va Sendan bu kunning va bu kundan keyingisining
yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari
187/18. Abdurahmon ibn Abu Bakra otalariga: «Ey otajon, har tongda uch marta va
kechqurun uch marta:
«Allohumma ‘afiniy fiy badaniy, Allohumma ‘afiniy fiy sam’iy, Allohumma ‘afiniy fiy
basoriy, Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri, Allohumma inniy a’uzu bika
min ‘azabil qobr, la ilaha illa anta» (Allohim, badanimni, qulog’imni va ko’zimni ofiyatda
qil. Ey Rabbim, Sening noming ila kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan panoh
tilayman. Sendan boshqa iloh yo’q), deyayotganingizni eshitaman», dedilar. Abu Bakra
(r.a.): «Men Rasulullohning shunday duo qilganlarini eshitganman va men u zotning
sunnatlariga amal qilishni yaxshi ko’raman», deb javob berdilar. Abu Dovud rivoyatlari
188/19. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
tong otganida:
«Fasubhanallohi hiyna tumsuna va hiyna tusbihun. Va lahul hamdu fis samavati val arzi
va ‘ashiyyan va hiyna tuzhirun. Yuxrijul hayya minal mayyiti va yuxrijul mayyita minal
hayyi va yuhyil arza ba’da mavtiha va kazalika tuxrojun», deb aytsa, shu kungi
yo’qotgan narsalarini topibdi. Kim bularni kechki payt aytsa, tunda yo’qotgan narsalarini
topibdi», dedilar. (Ma’nosi:
«Kech kirayotganida, tong otayotganida, oqshomda va peshin paytida Allohga tasbih aytinglar. Osmonlaru yerdagi hamdu sanolar U uchundir. U o’likdan tirikni va tirikdan o’likni chiqarur. Va yerni o’lganidan keyin tiriltirur. Sizlar ham mana shunday tiriltirursizlar» (Rum, 17 --19-oyatlar).
Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilganlar, lekin Imom Buxoriy uni «Tarixul-kabiyr» va
«Kitobu zuafo» nomli kitoblarida zaif, deb aytganlar.
189/20. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining bittasidan rivoyat qilinadi. U zot
qizlariga tong otganida:
«Subhanallohi va bihamdihi, la quvvata illa billahi masha`allohu kana va ma lam yasha`
lam yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli
shay`in ‘ilma», deb aytishni o’rgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan
kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza
etiladi. (Ma’nosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman. Allohdan boshqada
quvvat yo’q. Alloh xohlagan narsa bo’ladi. Xohlamagan narsa bo’lmaydi. Bilamanki, Alloh
har bir narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.) Abu
Dovud rivoyatlari
190/21. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni
masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o’tirgan edilar. Rasululloh
alayhisalom: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o’tirganing
boisi nima?» deb so’radilar. «Ey Rasululloh, meni g’am va qarz shu ahvolga solib
qo’ydi», dedilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Senga bir duoni o’rgataymi?
Ularni aytib yursang, Alloh g’amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa