www.ziyouz.com kutubxonasi
64
227/11. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom o’rinlariga yotayotgan paytlarida:
«Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va kalimatikat tammah, min sharri ma anta
axizun binasiyatihi, Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sam, Allohumma la
yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd.
Subhanakallohumma va bihamdik», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, karim sifatli
yuzing bilan va mukammal kalimalaring bilan (bandangning) peshonasidan ushlashingga
sabab bo’luvchi yomonliklardan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen ziyon va gunohlarni
ochuvchi zotsan. Ey Rabbim, Sening askarlaring yengilmaydi, va’dang xilof qilinmaydi.
Buyuklik Sendandir. Boshqaning buyukligi foyda bermaydi. Ey Rabbim, Senga hamd
aytish ila Seni poklab yod eturman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati
228/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
to’shaklariga yotadigan bo’lsalar:
«Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman la kafiya
lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya qilgan va
boshpana bergan Allohga hamd bo’lsin. Qanchadan-qancha kishilarning saqlaguvchisi va
boshpana berguvchisi yo’q.) Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari
229/13. Abu Zuhayr Anmoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom kechasi
joylariga yotsalar:
«Bismillahi vazo’tu jambiy, Allohummag’fir zanbiy va axsi’ shaytoniy va fukka rihaniy
vaj’alniy fin nadiyyil a’la», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, gunohlarimni kechir,
shaytonimni hayda, garovdagi narsalarimni yech va meni oliy jamoalar (ya’ni,
farishtalar) majlisida qil.) Abu Dovud rivoyatlari
230/14. Navfal Ashjaiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
menga: «Uxlashga shaylanganingda, «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qi, shirkdan seni uzoq
qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
Abu Ya’lo Mavsiliyning «Musnad»larida Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga shirk keltirishdan saqlaydigan kalimalarni
o’rgataymi? Uxlashga shaylangan paytingizda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qinglar»,
deganlar.
231/15. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uxlashdan oldin «Sabbaha, yusabbihu, subhana»lar bilan boshlanadigan
suralarni o’qiganlar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
232/16. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Bani Isroilga taalluqli suralarni va Zumarni o’qimagunlaricha uxlamas edilar. Abu Dovud
va Termiziy rivoyatlari
233/17. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishga
shaylansalar:
«Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy va at’amaniy va saqoniy vallaziy manna ‘alayya