Savol va topshiriqlar
1. Shaxs tushunchasini ta’riflab bering.
2. Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
3. Biologik (irsiyat) omilning shaxsni shakllantirishga ta’sirini
izohlab bering.
4. Shaxsning shakllanishida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati qanday?
5. Tashqi muhit shaxs shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
6. Jamoa tushunchasiga ta’rif bering.
7. Jamoani shakllantirishning qanday bosqichlarini bilasiz?
8. Jamoaning birinchi va ikkinchi bosqichlari to‘g‘risidagi o‘z
fikringizni ayting.
9. Jamoaning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarining mazmuni va
mohiyati nimalardan iborat?
10. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
1.
Karimov I. A.
Sog‘lom avlod — xalqimiz kelajagi (Konsti-
tutsiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi). «Xalq so‘zi»
gazetasi. 1999-yil 8-dekabr.
2.
G‘oziyev E.
Psixologiya. — T.: 1994.
3. Psixologiya fani XXI asrda. (Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari). — T.: O‘MU, 2002.
4.
G‘oziyev E.
Kasb psixologiyasi. — T.: O‘MU, 2005.
5.
G‘aybullayev N. R.
va boshq. Pedagogika. — T.: O‘MU, 2005.
25—34-betlar.
6.
Ismailova Z. K., Shayusupova A. A.
Pedagogikadan ma’ruza-
lar matni. — T.: TIMI, 2005.
7. Ismailova Z. K. Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar. — T.:
«Fan», 2001.
43
III
BOB
TARBIYA NAZARIYASI
ASOSLARI__________________
3.1.
MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI VA
MILLIY MAFKURANI TARBIYALASHNING
PEDAGOGIK ASOSLARI
Milliy mafkuraviy tarbiyaning maqsadi — millatning maqsadi
nima ekanligi; millat qanday yashamog‘i kerakligi haqidagi
tasavvurlardan; har bir ota-ona bolalarining kelajakda qanday
kishilar bo‘lib yetishuvlari haqida qilgan orzulari ilmiy-nazariy
umumlashtirilganidan kelib chiqib belgilanadi.
Shu tariqa O‘zbekiston tarbiya nazariyasi va amaliyotida mil
lat va shaxs birligini ta’minlovchi navqiron tarbiya tizimi paydo
bo‘lmoqda.
Istiqlol mafkurasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ezgu
g‘oya — ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish
yo‘lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks
ettiradi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning
sha’n-u sharafi, or-nomusi, ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan,
jamiyatimizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tub man-
faatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib bora-
digan g‘oyalar tizimidir.
Milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari — xalqimizning mo-
ziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va m a’naviy me-
rosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo‘shiqlari, bay-
ram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-
bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyod-
korlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda ma’naviy ruh ber-
gan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar
sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafak-
kurning markazida insonning ulug‘ligi va m o‘tabarligi g‘oyasi
yotadi. Chunki mamlakatning hayoti, farovonligi mehnatkash in-
sonlarning faoliyatiga bog‘liq (11- chizma).
44
|