Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fu-
qaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida umuminsoniy
tamoyillar yotadi.
Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi pedagogik mohiyatga ega:
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umum-
insoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi.
Bino-
barin, u qonuniylikka, umume’tirof etilgan
talablarga, umum-
insoniy tamoyillarga
zid kelmaydi;
— xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’navi-
yati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas me-
rosidan oziqlanadi. Bu milliy mafkuramizning tarixiy va ma’naviy
asosga ega ekanidan dalolat beradi;
— adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda
xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu
ulug‘ g‘oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalqning ezgu maqsadi,
ishonch va e’tiqodi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;
— vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash-
ga xizmat qiladi. Bu tamoyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad
sari yo‘naltiruvchi, uyushtiruvchi mohiyatga ega ekanini ifodalaydi;
— jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekis-
tonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi.
Bu oliyjanob
maqsadlarga erishish fuqarolarning hamjihatligiga, o‘zimizning
burchimizni qay darajada anglashimizga, ertangi kunga bo‘lgan
ishonchimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir;
— millati va dinidan qat’i nazar,
mamlakatimizning har bir
fuqarosi qalbida ona-Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga
sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘usini qaror toptiradi. Bu qoida Vatan-
ning muqaddasligini har bir fuqaro ongiga singdirishga xizmat qiladi;
— jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi vijdon
erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan sing-
diriladi. Bu milliy istiqlol g‘oyasining fikrlar
rang-barangligi, e’ti-
qod erkinligi kabi demokratik tamoyillarga amal qilgan holda
hayotga joriy etilishidan dalolat beradi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy umumbashariy tamoyilla-
ri esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash,
uning hudu-
diy yaxlitligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashda yordam berish;
47