Ismailova zuxra karabayevna



Yüklə 2,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix08.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#131286
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Pedagogika

(Alisher Navoiy. «Mahbub ul-qulub»)
Amir Temur farzandlari-yu nabiralariga qilgan o‘gitlari va 
yo‘l-yo‘riqlariga o‘zi ham umrbod qat’iy amal qilgan. Jamiyatda 
ijtimoiy adolat tantanasi uchun kurashda ikkilanish, cheklanish 
nimaligini aslo bilmagan. Keling, aniq misollarga murojaat qilay- 
lik. Amir Temur jahongir bo‘lsa-da, u kuch-qudrat zo‘rlik, zo‘ra- 
vonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini chuqur anglab yetdi. 
Adolatni kuch bilan, kuchni esa adolat bilan uyg‘unlashtirdi. 
Temur tamg‘asining naqshi «Rosti-rusti» bo‘lib, bu «Haqgo‘y 
bo‘lsang, najot topasan» demakdir.
Buyuk saltanat sohibi Amir Temur «Kuch — adolatdadir» 
shioriga qat’iy amal qilib, davlatni boshqarishda jabr-sitam yo‘lini 
berkitgan. O‘z davrida hech bir davlatda bo‘lmagan va tarixda 
kamdan-kam uchraydigan «Adolat amiri» lavozimini ta’sis etgan.
Jamiyat va davlatni boshqarish, baxt-saodatga erishish, komil 
insonni tarbiyalash, mukammal va adolatli jamiyat barpo qilish 
kabi masalalar o‘ziga xos talqin qilingan, ular o ‘rtasida mushta- 
raklik va o‘xshashliklar ham ko‘p.
Abu Rayhon Beruniy fikricha, odamgarchilik (muruvvat) ki- 
shining o‘zi, urug‘-aymog‘i va o‘z ahvoliga ta’sir etish bilan che- 
garalanadi. Mardlik esa (futuvvat) undan ham ustun bo‘lib, o‘zi- 
dan tashqariga ham o‘tadi. Muruvvatli mard kishi o‘zining halim- 
ligi, muloyimligi, irodasi mustahkamligi, kamtarinligi tufayli elga 
tanilib, garchi u shu martabaga ega, uning ahlidan bo‘lmasa-da, 
oliy darajaga ko‘tariladi. U nasl-nasabi jihatidan emas, balki 
odamgarchilik jihatidan haqli ravishda hurmat qilinadi.
Inson notiqligi, saodat tildan,
Nazokat tildandur, nafosat tildan.
Hayot saboqlari ko‘rsatur shuni,
D o‘zax tildan erur va jannat tildan.
51


Ikki narsa ajratadi insonlarni hayvondan,
Insonligi bilinadi hunar ila zabondan.
Shunday ekan, kishilarning eng ulug‘i hunarmand, 
Yoki so‘zga chechan kishi, fikri ravon, tili qand.
(Ibn Sino. «Farosat ilmi haqida»)
So‘zing bo‘lsa kumush, jim turmak oltin,
Misi chiqqay so‘zing ko‘p bo‘lsa bir kun.
Ko‘paygan so‘zning bo‘lgay to ‘g‘risi oz,
Shakarning ko‘pidan ozi bo‘lar soz.
(A. Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq»)
Demak, ularning ta’lim-tarbiya nazariyasi haqidagi fikrlari 
umumjahon ilmiy-pedagogik taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib 
qo‘shildi. Mustaqil yurtimizning m a’naviyati, ertangi kelajagi 
qurayotgan buyuk davlatimizning mustahkam poydevoridir.
Madaniyatli komil inson g ‘oyasi ham milliy, ham umumbasha­
riy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos
eng 
yuksak m a ’navay
va jismoniy mukammallikni o ‘zida mujassam etgan, uni hamisha
ezgulikka undaydigan oliyjanob g ‘oyadir
(14- chizma).
Komil inson shaxsini shakllantirish jarayonida ta’lim-tarbiya 
borasidagi barcha imkoniyatlar va qadriyatlardan to ‘la foydalan- 
moq kerak. Har qanday tarbiya umuminsoniy qadriyatlar bilan 
bog‘langandagina yaxshi samara beradi. Har holda jahondagi turli 
davlatlarda, mamlakatlarda amalga oshirilgan tarbiya usullari, 
ishlari, mazmuni, mohiyati, undan ko‘zlangan maqsadlar bir-biri 
bilan uzviy bog‘liqdir. Shunday qilib, komil inson g‘oyasining 
maqsadi:
Birinchidan, Sharqda ham, G ‘arbda ham ulug‘ mutafakkir
hurfikrlikning buyuk dahosi sifatida tan olingan Shayx Umar 
Xayyom aytgan edilarki, inson dunyoning tilagi, samari, aql 
ko‘zining gavharidir. Demak, inson, uning kamoloti, erkinligi 
butun ta’lim-tarbiya tizimining markazida turmog‘i lozim. Inson 
inson uchun degan fikr oliy qadriyat, oliy maqsad bo‘lib qolishi, 
buning uchun, eng avvalo, yoshlarning, ularga ta ’lim-tarbiya 
berayotgan barcha kishilarning, Hazrat Navoiy aytganlaridek, 
o‘zi pok-u so‘zi pok-u dili pok bo‘lmog‘i lozim.
52



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin