O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning
tadqiqotlari 
yangi tug’ilgan maymunlar bolasi sun'iy onaning ayrim turlarigagina haddan ziyod 
ixlos qo’yishi mumkinligini ko’rsatadi. Tajriba qo’yidagicha olib boriladi, ya'ni 
Makaka maymunining yangi tug’ilgan bolalarini xuddi haqiqiy onasining 
kattaligida qilib ishlangan sun'iy ona bilan qafasga solib qo’yiladi. 
Maymunchalarning biriga metall kraskadan yasalgan "ona", ikkinchisiga yog’och 
silindrdan yasalib, tukli mato bilan o’ralgan "ona" to’g’ri keladi. Yumshoq onalik 
maymuncha ko’p vaqtini uning yonida o’tkazadi, uni goh quchoqlar, goh uning 
ustiga ham chiqib ketardi. U har gal xavf tug’ilsa, onasining himoyasiga qochib 
borgan. Metall onaga tekkan maymuncha esa juda qiynaldi. Tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadiki, maymunlarning bolalari sut bergan onadan ko’ra, sut bermasa ham 
matodan yasalgan onani afzal ko’rishadi. Matodan yasalgan onalar maymunlarda 
xavfsizlik va ishonch hissini uyg’otadi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati,
bir hujayrali hayvonlar instinktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan 
maymunlar (jumladan shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek tug’ma shakli 
mavjuddir. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabalardan uya 
qurishadi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, maymunlar uya qurishda, materiallarni
tanlash chog’ida amaliy tahlilga binoan ish ko’radilar. Tadqiqot jarayonida 
maymunlarning binokorlik "faoliyati" kemiruvchilar (kalamush)ning uya qurishi 
bilan taqqoslab ko’rildi. Qattiqligi turlicha materiallar, jumladan, daraxt shoxlari 
va qoqoz mavjud bo’lgan holda shimpanze va kalamushlar qam uyani bir xil tipda, 


33 
ya'ni uyaning asosiy qismini qattiq materialdan yasab, ichiga ancha yumshoqroq 
material to’shaydi. Agar shimpanze va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, 
u holda ikkalasi ham uyani shu materialdan qurishga tushadi. Lekin ular tavsiya 
qilingan materialdan uyalarini yasab bo’lganlaridan keyin ularga ancha dag’alroq 
material berilsa, u holda hayvonlarning reaksiyalarida darhol sifat farq ko’rinadi. 
Shimpanze ancha dag’al materialga ega bo’lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini 
qayta qurishga kirishadi. Yumshoq materialdan qurilgan inshoatini bir chekkaga 
surib qo’yadi va ancha dag’al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. 
Shundan keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki 
yuzalariga to’shaydi, kalamushlarda ham xuddi shunga o’xshash vaziyatni 
ko’rishni davom ettiradilar, dag’al materialni yumshoq material ustidan tushay 
beradilar. Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv harakatlar 
natijasida amalga oshirilgan bo’lsa, ham bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar 
hisobiga olingan holda yuz beradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin