34
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo’lgan
bog’liqlikdan batamom qutula olmaydi.
Muhit
tirik organizmning yashash
sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.
Aks ettirishning adekvat (mos) bo’lishi, avvalo psixikaning moddiy asosi,
sezgi a'zolari va asab tizimining tuzilishiga bog’liqdir. Reseptor ma'lum bir turdagi
qo’zg’atuvchilar ta'siriga qanchalik to’g’ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi
ham shunchalik adekvat, ya'ni mos bo’ladi.
Reseptorlarning taraqqiyoti ma'lum darajada
biron tipdagi asab tizimi
taraqqiyoti bilan bog’liq. Sezgi a'zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar
ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To’rsimon asab tizimiga ega
bo’lgan hayvonlar asosan tashqi ta'sirotlarga tug’ma ravishda javob qaytaradilar.
Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Taraqqiyotning navbatdagi pog’onasida asab tizimida bir qator sifat
o’zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv
hujayralari asab tizimining
ko’proq miqdordagi qo’zg’atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini
beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o’zgarmaydigan doimiy
narsa emas.
Dostları ilə paylaş: