14-bob Nochiziqli optika 14.1 Nochiziqli dielektrik singdiruvchanlik Shu vaqtgacha dielektriklarda ko'rilgan elektrom agnit m aydon na
zariyasi elektr induksiyasi vektori D va elektr m aydon kuchlanganligi
E ( B va H m os ravishda) orasidagi bog'lanish chiziqli deb qaralgan.
M aydon intensivligi katta bo'lgan da bog'lanish nochiziqli b o'ladi. Bu
holda paydo bo'ladigan hodisalarni o'rganish uchun yuqorida ko'rilgan
nazariya umumlashtirilishi lozim. M uhit param etrlari va m aydon katta
liklari qanday bo'lgan da nazariyani bunday umumlashtirishga zaruriyat
paydo bo'lishini baholab ko'ramiz.
Bundan keyin yorug'lik uchun shaffof dielektriklarni ko'ram iz. Bun
day m uhitda yorug'likning tarqalish masofasi yetarlicha katta bo'ladi.
M uhitda to'lqin tarqalish davom ida bir qator effektlar to'planish xususi-
yatiga ega. Masalan, to'lq in tarqalishida dispersiya, nochiziqlilik va
so'nishning ta ’siri shular jum lasiga kiradi. Y a ’ni, bu effektlar nisbatan
kichik bo'lsada, to'lq in tarqalishi davom ida to'pla n ib borib katta effek-
tlarga olib kelishi mumkin. Kristall panjara doim iysi a « 3 • 10- 8 sm ,
yorug'lik spektrining ko'rish sohasidagi to'lq in uzunligi A ~ 5 • 10~bsm. Demak, a < A bo'lganligi uchun kristallni uzluksiz muhit deb qarash
mumkin. A m alda erishib bo'ladigan elektr m aydon qiym ati 106 V / s m tartibidadir. M aydonning bunday qiym atlarida dielektrik buziladi, u
teshilib o'tkazgichga aylanadi. M uhitning dielektriklik xossasi buzul-
masligi uchun tashqi m aydon 106 V / s m dan kichik bo'lishi kerak. A tom
ichidagi m aydon 109 V / s m tartibida bo'lganligi uchun tashqi m ay
donni kuchsiz g'alayon deb qarash mumkin. Shunday qilib, biz ko'radi-
gan masalalarda tashqi m aydon kuchlanganligi hali ham kichik ekan.
Am m o, yuqorida ta ’kidlaganimizdek, yig'ilish tabiatiga ega b o'lga n ef
fektlar borligini nazarda tutsak, qutblanish vektorini tashqi m aydon
kuchlanganligining darajalari b o'y ich a yoyilgan qatorda m aydonning
birinchi darajasidan yuqori hadlarni ham inobatga olish kerak bo'ladi.