Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kirish


 Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari



Yüklə 256,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix26.11.2023
ölçüsü256,04 Kb.
#136047
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Asosiy makroiqtisodiy modеllarning qiyosiy tahlili mundarija kir

2.3. Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari. 
Makroiqtisodchilar tomonidan o'rgani1adigan butun iqtisodiyotda yuz 
beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko'p1ab uy xo'jaliklari hamda 
ko'plab firmalar o'zaro hatti-harakatlari natijasida yig'ilganligi sababli, mikro va 
makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog'1iq. Butun iqtisodiyotni 
o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e'tiborga olishimiz 
lozim.Masalan, yalpi iste'mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha 
sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi 
kerak.Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun 
fırmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma'lumotga ega 
bo'lish 
zarur. 
Makroiqtisodiy 
ko'rsatkich1ar 
alohida 
shaxslar 
yoki 
korxonalarqarorlari natijasida yig'iladigan o'zgaruvchilarning oddiy yig'indisi 
bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo'yiladi. 
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul 
qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo'jaliklari nuqtai nazaridan maqbul 
bo'lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol 
ko'rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga 
misol bo'1ib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib 
oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning 
non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi.Uy 
xo'ja1iklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, 


32 
nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul 
qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda 
o'zidan o'zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday 
firmalar va uy xo'jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan 
maqbul 
hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun 
makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo'llab 
iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar.Modellarda ko’pincha 
matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o'zgaruvchi1ar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. 
Modellarni qo'llash ahamiyatli bo'lmagan qismlarga e'tibor bermaslik va 
ahamiyatli iqtisodiy bog'liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham 
maqsadga muvofıqdir.
Modellarda ikki xi1: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o'zgaruvchilar 
qo'llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki 
ma'lumotlar; endogen o'zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal 
etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen 
o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen 
o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida 
aniqlanadi.1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar 
endogen o’zgaruvchilarga qanday ta'sir qilishini aniqlash hisoblanadi. 
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim.
Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning
bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga 
mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini 
misol qilib keltirish mumkin. Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi
yuqori bo‘ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi
misolida ko‘rdikki milliy jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin 
ekan. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi
3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.Shu bilan


33 
birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan 
teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar
guruhlario‘rtasidagi mavjudbo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy
qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.Xarajatlar
va daromadlarko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro
tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.Y= C+I + G + XnIkkinchi bir 
makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi tenglik 
hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga 
bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish 
makroiqtisodiybarqarorlikka erishishning muhim shartidir.Agarda, milliy
iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda
YaIM orqaliifodalangan ishlab chiqarish hajmiShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni:YaIM 
= ShTD = C + S, ayni paytda:YaIM = C + IBu yerda makroiqtisodiy ayniyat 
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:C + I = C + S yoki I = SUshbu ayniyatdan
ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari
tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa,
unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga
yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.Aytaylik, 
mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, soliq 
solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin.
Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga 
ega bo‘ladi:21S = Sp + Sg + SxBu yerda: Sp-xususiy jamg‘armalar; Sg -davlat 
jamg‘armalari; Sx -boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.Bunda xususiy
jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari 
bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari 
yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi. Sp = (Y + TR + N -T) –CDavlat 
jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:Sg = (T -TR -N) –GAgar davlat
jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan,


34 
jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:BT = -SgBu 
yerda: BT –budjet taqchilligi miqdori. 
Harqandayiqtisodiytizimdatovarlarvaxizmatlarnitakrorishlabchiqarishumumiy
jarayoniniresurslar, 
Tovar 
vaxizmatlar,daromadlarhamdaxarajatlarningdoiraviyoqimimodeliko‘rinishidatasav
vurqilishmumkin.
Bu soda modelmakroiqtisodiytahlilasosinitashkiletadi.Ya’ni, uy xo‘jaliklari 
o‘zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladihamda ularni
tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha
korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni 
sotish evaziga daromad oladilar. 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi yalpi taklifni, daromadlar 
va xarajatlar oqimi yalpi talabni ko‘rsatadi.Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan 
yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi 
firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining 
yalpidaromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon 
bo‘ladi. 


35 
XULOSA 
Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha 
jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va 
muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati 
hayoliydir.Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi 
yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu 
kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va 
milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi. 
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda 
iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz.Davlat 
makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni 
hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z 
tasarrufidamavjudbo’lganvositalarorqaliularniyo’naltiribturadi.Buvositalar 
esa 
fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda 
makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik 
aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi. 
Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi - bu jamiyatdagi 
jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, 
farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi. 
Makroiqtisodiyot 
fanining 
ahamiyati 
nafaqat 
davlat 
boshqaruvida 
umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina, 
balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida 
ham zarur.Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy 
o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va 
ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz 
stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi 
holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari 


36 
hisoblanadi. Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida 
iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin 
emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar 
mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani 
yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi. Makroiqtisodiyotni o’rganishning 
muhimligi: 1) u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda 
izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va 
bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi; 2) 
makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni 
baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda 
siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy 
siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi; 3) makroiqtisodiyotni bilish 
kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar 
tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi. 
Makroiqtisodiy tahlilning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: expost va exante 
makroiqtisodiy tahlili. 6 Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni 
statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, 
muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish 
bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy 
imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi. Exante makroiqtisodiy 
tahlil, ya’ni muayyan nazariy kontseptsiyalar asosida iqtisodiy jarayonlar va 
voqeliklarni prognozli modellashtirish bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish 
qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar va o’zgaruvchilar o’rtasidagi 
sabab-oqibat aloqalarini ochib berish imkonini beradi. Bu makroiqtisodiyotni fan 
sifatida namoyon bo’lishidir. 


37 

Yüklə 256,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin