31
korxonalardagi quyish, mexanik, yig’ish sexlari, tikuvchilik fabrikalaridagi
tayyorlov-bichuv, tikish sexlari.
2. Yordamchi sexlar - asosiy ishlab chiqarish bo’linmalarining normal
faoliyat ko’rsatishini ta`minlashga xizmat qiladi, asbob uskuna bilan
ta`minlash, energiya bilan ta`minlash, jihozlarni ta`mirlash va h.k. Yordamchi
sexlarga
asbob uskuna, ta`mirlash, energetika, transport sexlari.
3. Xizmat ko’rsatuvchi sexlar va xo’jaliklar ishlab chiqarishga ma`lum turdagi
xizmatlarni ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning tarkibiga ombor,
transport xo’jaliklari, sanitar-texnik moslamalar (suv ta`minoti tarmog’i,
kanalizasiyalar nasos stansiyalari, tozalash inshootlari) kiradi.
4. Yordamchi sex va uchastkalar asosiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta
ishlash bilan shug’ullanadi.
5. Tarmoq xo’jaliklari esa qo’shimcha daromad keltiruvchi faoliyat bilan
shug’ullanadi. Masalan, idishlar ishlab chiqarish, g’isht ishlab chiqarish,
yog’ochlar ishlab chiqarish.
Bulardan tashqari yirik korxonalarda tajriba (eksperimental) sexlar va
laboratoriyalar, nostandart jihozlar sexlari ham mavjud bo’lib,
ular ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, tajriba
o’tkazish bilan shug’ullanishadi.
Ishlab chiqarish strukturasi turlari.
Ishlab chiqarishning
ixtisoslashuvchi xarakteriga ko’ra korxona ishlab chiqarish strukturasi 3 xil
ko’rinishda tashkil etiladi: texnologik, buyumli (buyumli-yakunlangan),
aralash (buyumli-texnologik).
Texonlogik strukturaga ko’ra sexlarda texnologik jihatdan bir xil
jarayonlar bajariladi. To’qimachilik korxonalarida to’quv, bezak berish
sexlari, mashinasozlik
korxonalarida - quyish, termik, mexanik, yig’ish
sexlari.
Bunda ish o’rinlarining ixtisoslashuvi chuqurlashadi, ya`ni har bir
uchastkaga ma`lum bir texnologik operasiyalar biriktiriladi. Natijada ishlab
chiqarishga maxsus jihozlarni joriy etish imkoniyati kengayadi.
Afzalligi: progressiv texnologiya jarayonlarni qo’llash imkoniyatining
kengligi; asosiy vositalar va materiallardan to’liqroq foydalanish
imkoniyatining kengligi; texnik rahbarlikning soddaligi.
Kamchiligi: sexlar orasidagi
kooperasiya aloqalarining
murakkablashuvchi; ishlab chiqarish siklining uzunligi; transport
xarajatlarining ortishi.
Ishlab chiqarish strukturasining predmetli turi sexlarning alohida
turdagi mahsulotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuvchi bilan
xarakterlanadi. Bunda mahsulotlarga to’liq ishlov berish faqat bir sex
doirasida amalga oshiriladi va yakunlanadi. Masalan: mashinasozlik
(avtomobilsozlik) korxonalarida shassi va kuzov, motor ishlab chiqarish
sexlari; tikuvchilik va poyafzal korxonalarida tikuv sexlari va h.k.
Afzalligi: sexlar orasidagi kooperasiya aloqalarini soddalashtiradi,
mahsulot sifati yaxshilanadi, ishlab chiqarish sikli qisqaradi, rejalashtirish
soddalashadi.
Kamchiligi: mahsulot turini ko’paytirish imkoniyati qisqaradi.
Aralash strukturada turli belgiga ko’ra ixtisoslashgan sexlar o’zaro
birga tashkil etiladi. Masalan: tayyorlov sexlari texnologik belgiga ko’ra,
ishlov beruvchi va yig’uvchi sexlar buyumli belgiga asosan tashkil etiladi.
32
Aralash (buyumli-texnologik)
struktura mashinasozlik, tikuvchilik,
mebelsozlikda keng tarqalgan.
Ichki bo’linmalarning admenistrativ xo’jalik xususiyatiga ko’ra ishlab
chiqarish strukturasi turli xilda bo’lishi mumkin. Sanoatda ishlab chiqarish
strukturasining sexli, sexsiz, kombinat va korpusli ko’rinishlari qo’llaniladi.
Bular ichida sexli struktura keng tarqalgan. Sexsiz struktura kichik
korxonalarda tashkil etilib, bunda sexlar o’rnida ustaxonalar,
atelyelar yoki
ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi. Ushbu struktura boshqaruv
apparatini soddalashtirishga, boshqaruvchi bilan ishchining o’zaro
yaqinlashuviga olib keladi.
Kombinatli struktura yirik qayta ishlash korxonalarida qo’llaniladi.
Bunda ishlab chiqarish bo’limlari qat`iy texnologik jarayon asosida tashkil
etiladi. Korpusli strukturada asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish sexlari
bloklarga birlashtiriladi va har bir blok alohida binoga (korpusga)
joylashtiriladi. Bunda territoriyaga talab kamayadi, transport
xarajatlari
qisqaradi.
Shunday qilib korxonalarda turli ko’rinishdagi ishlab chiqarish
strukturalari tashkil etiladi. Asosiy maqsad ishlab chiqarish xususiyatidan
kelib chiqqan holda samarali shaklni tanlash va shu orqali mavjud
resurslardan unumli foydalanishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: