Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Mahsulotni standartlashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/106
tarix03.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138008
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Mahsulotni standartlashtirish. 
Standartlashtirish va mahsulot sifatini 
boshqarish iqtisodiy fanlar mustaqil tarmog’ini tashkil etadi. 
Standartlashtirish fanning bir qismi sifatida o’z nazariyasiga va shu jumladan 
umumiy va o’ziga xos asoslarga ega. Barcha ijtimoiy jarayonlarga xos bo’lgan 
rejali, sistemalar ishni samaradorli standartlashtirishga ham taalluqlidir. 
Bulardan tashqari, standartlashning quyidagi prinsiplari mavjuddir: 
optimalli, dinamikli, progressivli, kompleksli, direktivli. 
Bu prinsiplarga ega bo’lgan barcha standartlar tashkilot va korxonalar 
uchun qonun kuchiga egaligini bildiradi.
Barcha korxonalarda qo’llaniladigan kategoriyadagi standartlarni ishlab 
chiqishni rejalashtirishda va ularga xos umumiylik va tashkiliy uslubiy 
birlikka erishish uchun standartlarni ishlab chiqish 4 bosqichda amalga 
oshiriladi: 
1. Standartlarni ishlab chiqishda texnikaviy talablarni ishlab chiqish va uni 
muhokamadan o’tkazish. 
2. Standart loyihasini (birinchi nusxasi) ishlab tayyorlab taqrizga yuborish. 
3. Olingan taqrizlarni ishlab chiqish va tasdiq uchun yuborish (oxirgi 
nusxasini). 
4. Standartlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va tasdiqlash. 
Har bir standart uchun izohnoma tuzilib, unda quyidagi talablar o’z 
aksini topadi: 
-
standartni ishlab chiqishdagi asos
-
standartni ishlab chiqishdan maqsad va uning vazifasi;
-
standart ob`yektning tavsifi;
-
standartning ilmiy texnika darajasi;
-
standartning iqtisodiy samaradorligi;
-
standartni joriy qilish muddati va uning harakatdagi muddati;
-
boshqa standartlar bilan aloqasi;
-
taqrizga yuborilganligi haqidagi axborot. 
Taqrizga jo’natilgan loyihalar yuqoridagi talablarga javob bera olsa 
loyhalarni birinchi sahifasiga shu mahsulotni iste`mol qiladigan idoralar 
rahbariyati «Kelishilgan» deb imzo chekadi. 
Standartlashtirish metrologiya va sertifikatlash O’zbekiston Davlat 
markazi ro’yxatidan o’tkazilib, uning texnik shartlari belgilab qo’yiladi. 
Xom-ashyo sifati, tayyor mahsulotlarga bo’lgan iste`molchilar talablarining 
o’sishi, ularni sinash uslubini o’zgarishini e`tiborga olgan holda, standartlar 
vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turiladi.


82

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin