O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/156
tarix03.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#138037
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   156
jaxon adabiyati songisi

Fransuz realizm adabiyoti
Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy 
voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, 1830-yilning iyul oy
-
ida sodir bo‘lgan inqilob, 1831–34-yillardagi qo‘zg‘alonning ta’siri 


187
katta bo‘ldi. Chunki bu tarixiy voqealar Fransiyaning siyosiy hayo
-
tidagi ulkan burilishlarga turtki bo‘lib, qirol Lui Filipp monarxiya
-
sini inqiroz holatga olib keldi. 
1830–31-yillarda matbuotning nufuzi beqiyos darajada oshdiki, 
gazetalarda professional jurnalistlardan tortib talaba, etikdo‘zgacha 
o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar. 
Fransuz adabiyotida tanqidiy realizm F.Stendalning “Qizil va 
qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari, Balzakning “Gorio ota”, 
“Gobsek”, “Yevgeniya Grande” asarlari, P.Merime novellalaridagi 
real voqelikka tanqidiy munosabatida ifodalanadi. Fransuz adabiy
-
otida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo‘lish mum-
kin: 1) Realizmning paydo bo‘lishi va tan olinishi (20-yillarning 
oxiri va 40-yillar) Beranje, Merime, Stendal, Balzak. 2) XIX asrn
-
ing 50–70-yillar realizmi (1848-yildan keyingi adabiyot), Stendal va 
Balzak realizmining merosxo‘ri va E.Zolya “naturalistik realizm” 
maktabining o‘tmishdoshi G.Flober nomi bilan bog‘liq. Fransuz 
realizmining gullab-yashnagan davri 30–40-yillarga to‘g‘ri keladi, 
ayni shu yillarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuvchilar o‘zlarining 
salmoqli asarlarini yaratdilar. Yozuvchining jamiyatdagi o‘rni haq-
ida O.Balzak “Insoniyat komediyasi”da “Fransuz jamiyati o‘ziga-
o‘zi tarixchidir. Men esa uning tarixini tasvirlovchi oddiy kotib-
man”, – deb yozgan edi. Ta’kidlash joizki, XIX asrning ikkinchi 
yarmigacha “romantizm” va “realizm” terminlari o‘rtasida ajralish 
bo‘lmagan, realistlar – romantiklar deb atalgan. Faqat Stendal va 
Balzakning o‘limidan keyin 1857-yili Shanfleri hamda Dyurantilar 
maxsus deklaratsiyalarida “realizm” terminini taklif qildilar.
Fransuz realizmining tarixi Beranjening qo‘shiqqa oid ijodi bi
-
lan boshlanadi va bu tamoman tabiiy hamda ob’ektiv qonuniyatlar-
ga asoslangan. Chunki, adabiyotning kichik janri bo‘lgan qo‘shiq, 
o‘z zamonining barcha diqqatga sazovor hodisalariga o‘z vaqtida 
va shiddatli javob qaytaradi. Realizmning shakllanish davrida u bi-
rinchilikni ijtimoiy romanga bo‘shatadi. O‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lgan aynan shu janr, yozuvchiga voqelikni keng tasvirlash 


188
va chuqur tahlil qilish uchun katta imkoniyatlarni yaratgani uchun, 
Stendal va Balzak o‘zlarining asosiy ijodiy vazifasi – o‘z ijodlarida 
Fransiyaning tirik siymosini to‘laqonli aks ettira oldilar. Bu davrda 
novella janrining tengsiz namoyandasi P.Merimening hikoyalari ro
-
mandan keyingi o‘rinni egalladi. 
Adabiy taxallusi

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin