Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   131
O\'zbek folklori P

– 192 –
– 193 –
Lirik qo‘shiqlarda ustuvor ko‘rinish olgan poetik ramzlar 
tizimi, turli badiiy tasvir vositalarining qo‘llanilishi va ular 
asosida yuzaga chiquvchi voqelik, hatto lirik qahramonning 
dunyoqarashi, qalb kechinmalari ham an’anaviy xarakterga 
ega bo‘ladi. Masalan, xalq lirikasida qizil sifatlashi hech 
qachon erlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Agar qo‘llangan 
bo‘lsa, u sun’iy o‘zgartirilgan ko‘rinishdir.
Lirik qo‘shiqlar paydo bo‘lishini ayrim mutaxassislar 
feodalizmgacha bo‘lgan davr, ba’zilar feodalizm bilan 
bog‘laydilar. Mustaqil lirik qo‘shiqlarning janr sifatidagi 
paydo bo‘lishi, shubhasiz, tarixiy taraqqiyotning keyingi 
bosqichlariga xosdir. Chunki lirika inson o‘z shaxsini tanigan, 
o‘zini shaxs sifatida anglagach, o‘zini olam ichra yana bir 
olam deb bilgan va tashqi obyektiv olamga yangicha qaragan 
sharoitlarda paydo bo‘ladi.
Ammo bu ta’rif og‘zaki lirikaning paydo bo‘lishini 
to‘la ta’riflay olmaydi. Sababi, yuqorida aytilganidek, xalq 
qo‘shig‘ining lirik qahramoni umumlashma tipligi, an’anaviy 
poetik tafakkur mevasi ekanligidadir. Aytaylik, yor-yorlarda 
kelinchak haqida juda ko‘p kuylashadi. Bu maqtovlar, tilaklar 
ayni paytdagi kelinchakka ham, uning bir paytlar kelin 
bo‘lgan buvisiga ham, kelajakda kelin bo‘ladigan nevarasiga 
ham taalluqlidir.
Shubhasiz, xalq lirik qo‘shig‘i nisbatan keyin paydo 
bo‘lgan janr hisoblanadi, ammo unda uzoq o‘tmishning 
izlari mavjudligini, lirik obrazlar qayta-qayta mushohada 
qilinganligini, hozir ham ma’lum darajada mifologik 
tafakkur bilan bog‘liqligini inkor etmaydi. Xalq lirikasining 
qadim tasavvurlar, marosimlar bilan bog‘liqligi uning juda 
qadimiyligini ko‘rsatadi.
Mavzu ko‘lami bevosita ishq-muhabbat kechinmalari 
bo‘lgan lirik qo‘shiqlar an’anaviy qo‘shiq janrlarining boshqa 


– 193 –
ko‘rinishlaridan farqli ravishda xalq turmushining barcha 
sohalarida erkin kuylanadigan, o‘yin, biron marosim bilan 
bog‘liq bo‘lmagan namunalarni qamrab oladi. Ayni paytda 
hajviy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar ham ushbu janr tarkibiga 
kiradi. Bu janrda sevgi mavzusi va oilaviy munosabatlar, 
turmush tashvishlari ifodasi birinchi o‘rinda turadi. 
Rus folklorshunosi V.P. Anikin nomarosim xalq 
lirikasining genezisini: a) lirik syujetning shakllanishi; b) 
xalq qo‘shiqlarida lirik «men»ning paydo bo‘lishi; d) maishiy 
turmushning poetiklashuvi (poetik mushohada qilinishi) bilan 
bog‘laydi.
Shu belgilar xalq lirikasining poetik asoslari bo‘lib, ular 
doimo mavjud bo‘ladi, rudiment holiga tushib qolmaydi. Bu 
poetik asoslarni esa tarixiy ildizlar paydo qiladi. Xalq lirikasini 
yashnab turgan gulga o‘xshatsak, poetik asoslar uning bizga 
ko‘rinib turgan qismi, tarixiy ildizlar esa tomirlarini tashkil 
etadi va an’ana ularning har ikkisini uyg‘unlashtirib turadi.
Hozirda xalq qo‘shiqlarini tinglaganimizda, odatda, 
uning tashqi ma’nosini, juda nari borsa, poetik ko‘chimlarga 
asoslangan mazmunini anglaymiz. Biroq xalq qo‘shig‘ining 
barcha tashqi va ichki mazmuniy qirralarini izohlash uchun 
buning o‘zi kifoya qilmaydi. Mashhur xalq qo‘shig‘ini ko‘rib 
chiqaylik:
Sunbula-yu sunbula, 
O‘rab olay gul bilan.
Mening ko‘nglim sen bilan, 
Sen ketasan kim bilan, 
Qadamingga gullar sochilsin.
Qo‘shiqning tashqi – so‘zma-so‘z ma’nosi quyidagicha: 
Sunbula badiiy obraz – qo‘shiq qahramonining poetik jufti
qahramon uni gullarga burkamoqchi, ammo yor ko‘ngli 
begonada. Shunday bo‘lsa-da, oshiq fidoyilik qilib, yor 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin