– 195 –
Yurak-bag‘rim bo‘ldi qon,
Qadamingda gullar ochilsin…
Men bu yerda o‘t yoqsam,
Andijonda tutun-ey.
Bu dunyoda bormikan,
Yurak bag‘ri butun-ey.
Bu dunyoda bor bo‘lsa,
Yurak-bag‘ri butun-ey.
Qog‘ozdan qozon yasay,
Guldan qilay o‘tin-ey...
Ma’lum bo‘lmoqdaki, lirik qo‘shiqlarda keluvchi obrazlar
tizimi inson kechinmalari xalqning ko‘p asrlik tasavvurlari,
mifologik qarashlari, odat va udumlariga chambarchas bog‘liq
ravishda o‘ta poetik ko‘rinishlarda ifodalanadi.
Endi quyidagi to‘rtlikka e’tibor bering:
Oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Men – yomondan ayrilib,
Yaxshini topganing qani?
Qadim ajdodlarimizda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan
odam baxtli bo‘ladi, degan ishonch bo‘lgan. Biroq bu
deyarli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lmagan vaziyat. Oshiq
to‘lin oy kechasida (oydinda) oppoq ilonni yotganini ko‘rish
mumkin bo‘lmaganidek, sen ham mendan voz kechib baxtli
bo‘lolmaysan, demoqda go‘yo.
Dostları ilə paylaş: