Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
O\'zbek folklori P

– 200 –
– 201 –
ekanligini kuzatish mumkin. Davrlar o‘tishi davomida ular 
sof leksik birlik va birikma ko‘rinishidagi ramziy obrazlarga 
aylanishi mumkin. Sof leksik birlik va birikma shaklidagi 
o‘zak ramzlar tarkibida bevosita tabiiy qiyos asosida paydo 
bo‘lgan ramzlar ana shu taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishgan.
Vaziyat ramzlar.
Lirik qo‘shiqlarda inson tabiatning 
turfa iqlimlari, uning turli tuyg‘u, orzu-intilishlari qisqa va 
sodda shaklda ifodalanadi. Bu ifoda aksariyat holatlarda tabiat 
lavhalari bilan inson hayotiga bog‘liq motivlarning parallel 
berilishi orqali reallashadi. Inson tabiatdan o‘z ruhiyatining 
ifodasini avloddan avlodga o‘tib kelayotgan turli tasavvur-
tushunchalar kundalik kuzatishlar, tajriba va bilimlar orqali 
ajratib oladi. Ushbu jarayon insonning ong osti zamiridagi 
«ulkan bilim» bilan bevosita bog‘liq kechadi. Ayni jarayonda 
insonning tasavvuri, kuzatishi, bilimlarining hosilasi turli 
narsa va predmetlarni ko‘nglining qiyosiy ifodachisiga 
aylantiradi. Natijada tabiat va qalb hodisalar o‘rtasidagi ichki 
uyg‘unlik asosida yangi ramzlar, obrazlar tug‘iladi. Vaziyat 
ramzlar aynan ushbu uyg‘unlikning mahsulidir. Masalan:
O‘choq boshida qumg‘on, 
Atrofi baland qo‘rg‘on.}A
Yorginamga yetolmay, 
Yurak bag‘rim bo‘ldi qon} B
Qadamizda gullar ochilsin. 
Keltirilgan to‘rtlikda tabiiy tasvir o‘z holicha vaziyat 
ramzni yuzaga keltirayotgani yo‘q: bu tasvir (A) lirik 
qahramon hayotiga tegishli motiv (B) bilan qiyos qilinmoqda. 
Natijada tabiat tasviri ramziylik kasb etmoqda. Qo‘shiqdagi 
«qumg‘on» va «qo‘rg‘on» obrazlarini vaziyat ramzga 
aylantirmoqda. Qumg‘onning qoraligi, olovda kuyayotgani, 
qo‘rg‘onning baland va chiqib bo‘lmasligi zamirida lirik 
qahramonning hayoti, dardi, orzu-armonlari umumlashmoqda. 


– 201 –
Qumg‘on uning yuragi – barbod bo‘lgan sevgisi, amalga 
oshmay qolgan umidlari. Qo‘rg‘on uni shu holga solgan, 
orzu-umidlariga zid bo‘lgan kuchlarning ramziy ifodachisiga 
aylanmoqda. Bu o‘rinda lirik qahramon hech qanday qo‘rg‘on 
ichida, o‘choq boshida o‘tirgani yo‘q. U yot kuchlar tazyiqida 
sevgan kishisidan ayrilganligi, sevganiga yetisholmasligini, 
sog‘inchini kuylayapti, xolos. 
Qo‘shiq inson ruhiyatining oynasi. Oyna sirlari ramziy 
obrazlar zamirida yashirin keladi. Ramziy obraz zamiridagi 
yashirin ma’no ilg‘ansagina qo‘shiqda ifodalangan mazmun 
anglanadi. 
Xalq qo‘shiqlaridagi ramzlar ma’nosini bilmaslik ularda 
ifodalangan asl mazmunga parda tortib, an’anadan uzilgan 
avlod uchun begona, tushunarsiz hodisaga aylantiradi. 
Ana shu o‘rinda ilmiy tadqiqot, izoh va talqinlarga ehtiyoj 
tug‘iladi. Xususan bugungi globallashuv davrida ramzlarni 
tushunish ehtiyoji dolzarb muammoga aylandi. XX asr 
mutafakkirlaridan biri E.Fromm keng ma’noda «ramzlar tili» 
borasida so‘zlar ekan: «Men shuning uchun ham ramzlarni 
tushunishni maktab va kollejlarda xuddi chet tillarni 
o‘rgatgandek o‘qitish lozim, deb hisoblayman. Chunki ramzlar 
insoniyatning ong osti – ko‘ngil tubining mevasi hisoblanadi». 
Insonning ko‘ngil tubidagi «xazina»sidagi ramz, timsollar 
jami tiriklik – bir hujayrali mavjudot, nabotot-u hayvonotdan 
tortib odamzodgacha tabiiy bog‘langan «ulkan bilim»dan 
bahra olib ijod qilgan. Folklor, umuman xalq ijodiyotining 
barcha turlari ana shu «xazina»dan quvvat olib, unadi, o‘sadi. 
Baxshi-shoir, qo‘shiqchi ilhom onlari «eskilar izidan» borib, 
ushbu xazina «boyliklari»dan bahra oladi. Bu holat boshqa 
mavjudodlarning to‘dalashib mavsumiy ko‘chishlarda «to‘da 
quvvati» bilan instiktiv «ulkan bilim» – yo‘lchi yulduzga 
bog‘lanib, kerakli manzillarini adashmay yo‘l topishlariga, 



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin