– 198 –
– 199 –
bog‘liq tasavvurlar unutilsa ramziy ma’no anglanmay qoladi;
f) o‘zak ramzning tub ma’nosi muayyan matnda ramziy
«qo‘shimcha»lar vositasida o‘z ma’no ko‘lamini u yoki
bu darajada kengaytiradi. Ba’zi holatlarda o‘zak ma’noga
bevosita bog‘liq yangi poetik ma’no hosil bo‘lishi mumkin.
O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida ayni xususiyatlarga ega
o‘zak ramzlar, asosan, uch xil shaklda uchraydi:
1. Sof leksik
birlik shaklidagi o‘zak ramzlar. 2. Birikma ko‘rinishidagi
o‘zak ramzlar. 3. Gap tuzilishidagi o‘zak ramzlar.
Sof leksik birlik shaklidagi o‘zak ramzlar birgina so‘zdan
iborat bo‘lib, boshqa tur ramzlarga nisbatan keng qo‘llaniladi.
Bu tur o‘zak ramzlarga ro‘mol, tog‘, tol, tom, suv, daryo, g‘oz,
o‘rdak, qarg‘a, turna, olma, bozor, xol, tamaki, ilon, soch, oq,
qizil, qora, sariq va boshqa obrazlar kiradi.
Birikma ko‘rinishidagi o‘zak ramzlar, asosan, ikki
so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda sof leksik
birlik sifatida keluvchi ikki mustaqil ramz birikib yaxlit o‘zak
ramz shaklida keladi; qizil gul, qizil olma, oq olma, oq ilon,
qora tol, qora soch kabilar. Bu xil ko‘rinishdagi ramzlarda
poetik ma’no har ikkala ramz ma’nolarining yig‘indisidan
iborat bo‘ladi. Masalan:
Oq olma, qizil olma pishmas ekan,
Ikki yaxshi bir yerga tushmas ekan.
Ikki yaxshi bir yerga tushganida,
Umrining o‘tganini bilmas ekan.
Bu to‘rtlikda kelayotgan «oq olma», «qizil olma» ramziy
birikmalarni tashkil etuvchi oq, qizil, olma obrazlarining har
biri mustaqil o‘zak ramz. Oqning birlamchi o‘zak ma’nosi er
kishi, yigit. Qizil «ayol, qiz» ramziy ma’noga ega. «Olma»
ramzi bu o‘rinda «sevgi, muhabbat» ma’nosida kelgan. Biz
ana shu asosda oq olmani yigit, qizil olmani qiz sevgisi
ma’noda kelayotganligini anglaymiz. Qo‘shiqda bir-biriga
– 199 –
munosib, yigit va qiz sevgisi, hamma vaqt ham murodiga yeta
olmas ekan. Agar ular qovushsa, armonlari qolmay, baxtli
yashashar edi, deb kuylanmoqda.
O‘zak ramzning gap tuzilishidagi ko‘rinishi ikki yoki
undan ortiq so‘zlardan tashkil topib, asosan, qo‘shiqlarning
dastlabki misralarida namoyon bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi
ramzlarga «choponimning yengi tor», «beqasam to‘n qildim,
bir yengini tor qildim», «hovuz bo‘yini o‘ydim», «Ariq
bo‘yini o‘ydim», «muzni teshdim, suvni ichdim, loy ekonin
bilmadim», «Ariq bo‘yi loy ekan», «suv bo‘yida o‘tirib suvni
loylatmang, to‘ram» kabi misralardagi «tor yeng», «hovuz
yoki ariq bo‘yining o‘yilishi», «suvning loyqalanishi»
kabi birikmalarni keltirish mumkin. Masalan, «suvning
loyqalanishi» bilan bog‘liq to‘rtlikni ko‘rib chiqaylik:
Muzni teshdim, suvni ichdim, loy ekanin bilmadim,
Ko‘pni ko‘rdim, birni sevdim, yori borin bilmadim.
Ko‘pni ko‘rgan birni sevgan kimni olding yoningga,
Biz tag‘in bir yor kutib, o‘tlar yoqaylik joningga, –
misralarida aytilganidek, «muzni teshdim – ko‘pni
ko‘rdim, suvni ichdim – birni sevdim, loy ekanin bilmadim
– yori borin bilmadim» poetik ma’nosiga uyg‘un keladi.
Demak, suvning loyqalanishi – muhabbatning poymol
bo‘lishi – xiyonat ekan.
O‘zak ramzning gap tuzilishidagi ko‘rinishi sof leksik
birlik va birikma ko‘rinishidagi ramzlarga nisbatan ixcham,
barqaror shaklga ega emas. Ularda so‘zning poetik va lug‘aviy
ma’nosi o‘rtasidagi bog‘liqlik ramziy mazmunni anglashda
vosita bo‘ladi. Shu jihati bilan gap tuzilishidagi o‘zak ramzlar
vaziyat ramzlarga yaqin turadi. Har bir gap tuzilishidagi
o‘zak ramz tarixiga qaralsa, ularning vaziyat ramzlar asosida
o‘sib chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Ularni o‘zak ramz
va vaziyat ramzlarning oralig‘idagi o‘ziga xos bosqich
|