Oilaning maqsadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida
farzand dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini
ta’minlashdir. Farzandda uning hayot yo‘lida uchraydigan qiyinchilik
va to‘siqlarni yengishda yordam beradigan shaxsiy xususiyatlarni
tarkib toptirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarni, mehnat faoliyati
tajribasini, axloqiy va jismoniy sog‘ligini rivojlantirishdan iborat.
Oilaning vazifasi – oilani yaratish, mustahkamlash va saqlash,
oilani ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan ta’minlash, har tomonlama
barkamol farzand tarbiyalash, farzandning o‘sishi va rivojlanishi
uchun maksimal sharoitlar yaratish, farzandga o‘zaro munosabat
tajribalarini berish, farzandni ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik
himoyalash, farzandlarni o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun foydali kasb-
hunar va mehnatga tayyorlash, unda shaxsiy qadr-qimmat va hurmat
hissi, shaxsiy “Men” qadriyatlarini tarbiyalashdir.
Har bir insonning hayotdagi asosiy maqsadlaridan biri baxtli oila
qurish, komil farzandli bo‘lish. Bu maqsadga erishish uchun oila
qurishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lish, mas’uliyat va javobgarlik
tuyg‘usini his qilib, oilaning maqsad va vazifalari, oilaviy tarbiya
86
xususiyatlari, er va xotin, ota-ona va farzandlarning burch va
vazifalari, o‘zaro munosabatlari xususiyati haqida bilim va tajribaga
ega bo‘lishlari lozim. Oilada har bir oila a’zolarining tegishli burch va
majburiyatlari mavjud.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari: Farzandga chiroyli ism qo‘yish.
Insoniy fazilatlarni tarkib toptirish, tarbiya berish.
Savodli qilish.
Iqtidoriga qarab rivojlanish.
Kasb-hunarga o‘rgatish
Uylantirish yoki turmushga chiqarish.
Farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo‘lish.
Farzandning ota-ona oldidagi burchlari:
Ota-onaga hurmat va izzat bilan munosabatda bo‘lish
Ularning nasihatlariga quloq solish.
Ota-onaga mehribon, g‘amxo‘r bo‘lish.
Ularga ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish.
Ota-onaning orzu-niyatlarini amalga oshirishda yordam berish.
Oilada erkak va ayol qonunan teng huquqli, lekin ularning biologik,
jismoniy va ruhiy tuzilishi nuqtayi-nazaridan bunday tenglik yo‘q.
Shu sababli oilada erkak va ayolning vazifalari, farzand tarbiyasi,
oila mehnati va yumushlari taqsimotida bir qancha tafovutlar mavjud.
Erkakning vazifasi – oilani ham moddiy, ham ma’naviy ta’minlash,
oilani turli xavf-xatardan himoya qilish, oila uchun javobgarlikni
o‘z zimmasiga olish, oila uchun g‘amxo‘r bo‘lish. Ayolning vazifasi
– oilada ijobiy-emotsional va psixologik muhit yaratish, farzand
tarbiyasi bilan shug‘ullanish, oilaning ichki ishlari uchun javobgarlikni
o‘z zimmasiga olish.
Vazifalar shulardangina iborat emas, albatta. Har bir inson
o‘z tafakkurini va aql-farosatini ishga solgan holda, o‘z vazifa,
majburiyat va burchlarini aniq bilishi, mas’uliyat va mehr-muhabbat
bilan bajarishi lozim. Ushbu majburiyatlari to‘g‘ri taqsimlansa, oilada
ishonch va o‘zaro yordam ortadi.
Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va
ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos
87
muammolarni o‘rganish oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan
noxushliklarning oldini olish imkonini beradi.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko‘ra quyidagilarga farqlanadi: To‘liqligiga ko‘ra : to‘liq, noto‘liq va qayta tuzilgan (ikkinchi
nikoh) oilalar
Bo‘g‘inlar soniga ko‘ra : nuklear (ota-ona va bolalardan iborat
bo‘lgan) va ko‘p bo‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat) oilalar
Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra : ziyolilar, ishchilar,
dehqonlar, xizmatchilar oilasi, aralash tipdagi oila.