185
13-BOB.
INGLIZ TILI MАSHG‘ULOTLАRIDА
KOMMUNIKАTIV O‘YINLАR
Reja:
13.1. «Head and shoulders» va «So‘zni аyt» o‘yinlari.
13.2. «I can see» va «simon says» o‘yinlari.
13.3. «My family» o‘yini va «Compliment» o‘yinlari.
13.4. «Ikki qo‘g‘irchoq» va «Hаyvonot bog‘idа» o‘yinlari.
13.5. «To have» va «stand up! sit down!» o‘yinlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
о‘yin, kommunikativ о‘yin, о‘yin
loyihasi, о‘yin turi, didaktik о‘yin.
О‘yinlar
– bola hayotining
ajralmas qismi hisoblanarkan,
ulardan maqsadli foydalanish о‘z samarasini bermay qolmaydi.
D.B.Elkonin didaktik о‘yinlarning о‘z tabiatiga kо‘ra ijtimoiy
ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan holda о‘yinlarga «ijtimoiy
munosabatlar arifmetikasi», deya ta’rif beradi va ularning pedagogik
mohiyatini batafsil ochib berishga muvaffaq bо‘ldi [23].
Chunki
о‘yinlar о‘z mohiyatiga kо‘ra bolaning kо‘z о‘ngida jamiyatdagi
ijtimoiy vaziyatlar va kattalar hayotini
yaqqol gavdalantirishga
xizmat qiladi. О‘yinlar muayyan faoliyat shakli bо‘lib, bolalarning
ruhiy holatlari va bilish kо‘nikmalarining rivojlanish shakli sifatida
ular hayotining muayyan bosqichida vujudga keladi. Bolalarni
muloqotga
chorlashning asosiy, о‘ziga xos shakli sifatida alohida
pedagogik qiymatga ega.
D.B.Elkonin harakatli о‘yinning qoidalari mazmunining о‘zaro
bog‘liqligidan
kelib chiqib, ularni tо‘rt guruhga ajratadi:
1. Harakatga taqlid qilish – taqlidiy о‘yinlar;
2. Muayyan syujetli dramalashtirilgan о‘yinlar;
3. Syujetli oddiy о‘yinlar;
4. Aniq maqsadli mashqlardan iborat sport о‘yinlari [23].
Bolani о‘yinga undovchi omil uning katta yoshdagi odamlarning
borliq tо‘g‘risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri
hamda ularni о‘zining shaxsiy faoliyatida sinab kо‘rish istagidir.
Jamoa bо‘lib о‘ynayotgan tengqurlari
bilan bevosita muloqotga
kirishish ishtiyoqidir. Shu bilan birga, о‘yin davomida ingliz tili ibo
-
ralaridan foydalanish, uni muloqot davomida qо‘llash, bolalarg
a
zavq bag‘ishlaydi.