"Personalni boshqarish" kafedrasi Professional ta`lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 288 Kb.
səhifə3/13
tarix07.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#127904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Personalni boshqarish kafedrasi Professional ta`lim tizimi kad

M U N D A R I J A





Malaka ish boblari va paragriflari



Beti



Kirish



5



I-bob



Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish



10



1.1.



Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslari





10



1.2.



Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarning asosiy yónalishlari, maqsad va vazifalari.



15



II-bob



Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda qóyilgan pedagogik talablar



17



2.1.



Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari:



17



2.2.



Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari.



28



Xulosa



32



Takliflar



33



Foydalanilgan adabiyotlar róyhati



34



Ilovalar



36



KIRISH


Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bóǵinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni ózimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Sh.Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyat taraqqiyoti – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy maʼrifiy, madaniy jihatlarni oʼzida qamrab oladi. Jamiyatda yashovchi yoshlar ana shu sohalarning barchasida ijtimoiy faollik koʼrsatishi hayotiy zaruriyatdir.
Yoshlarda ijtimoiy faollik elementlarini milliy qadriyatlarimiz orqali rivojlantirishda xalqimizning koʼp yillik anaʼnalari, madaniyati, urf-odatlari, milliy bayramlari, boy qadimiy me’rosi oʼzining alohida oʼrni, ahamiyatiga ega. Yoshlarda milliy iftixor, milliy gʼururni shakllantirish va mustahkamlash asosida ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga alohida ahamiyat berish boshlandi. Aqliy zakovat, ruhiy, maʼnaviy kamolot, insofu diyonat, muruvvat, mehr-oqibat – bular barchasi maʼrifatli, maʼnaviyatli insonlarning asosiy fazilatlari sanaladi. Ana shu fazilatlarni yoshlarimizda shakllantirish bugungi kunning muhim vazifasidir. Hozirgi globallashuv jarayonida intizomli, masʼuliyatli, sabr-bardoshli, diyonatli, vijdonli, iymonli, eʼtiqodli, bagʼrikeng, insonparvar, ijtimoiy faol va shu kabi oliyjanob fazilatlar egasi boʼlgan yoshlargina yashash uchun zarur boʼlgan barcha qulayliklarni vujudga keltirishga qodir boʼla oladilar. Ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning oʼz-oʼzini anglashi, qadr-qimmatini qay darajada eʼzozlashi, jamiyat uchun xizmat qila olish imkoniyati va harakatlariga ham bevosita bogʼliq. Bularning barchasi shaxsning ijtimoiy faolligi bilan bogʼliq.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi ózgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh ǵoyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.[1]
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga tósiq bólayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yónalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yólga qóyilmagan.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, kólami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tóǵrisida”gi PQ-5040-son qarori qabul qilindi.
Respublikaning kelajagi yoshlar o'rtasida yuqori malakali va ma'naviy salohiyatni tayyorlashga boǵliqdir. Kasb-hunar maktabining óquvchilari bilan ishlashda bizning asosiy vazifamiz yosh avlodga Prezidentimiz tomonidan qóyilgan ma'naviy-axloqiy tarbiyasidagi maqsad va vazifalari haqida ma'lumot berishdir.
Bugungi kunda hayotning barcha jabhalari kabi taʼlim sohasiga ham yangicha eʼtibor, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga boʼlgan munosabat oʼzgarmoqda.
To’raqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabida yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʼlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tóǵrisida”gi PQ-5040-son qarorida belgilab berilgan vazifalar doimiy ravishda bajarilib kelinmoqda.
Yosh avlod bilan ishlash yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol ǵoyalariga cheksiz sadoqat, vatanni sevish, erkin va obod yurt qurish hamda óquvchilarni mustaqil hayotga tarbiyalash shu bilan bir qatorda uluǵ va ezgu maqsadga ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan, buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. Shubilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha hislatlar, fazilatlar jumladan: kattalarga hurmat, shirin so'z, mehribonlik, yurtni e'zozlash, saxiylik va ilm egallash kabilarlarni óquvchi yoshlar ongiga shakillantirish lozim.
Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish muhim ahamiyatga ega sanaladi. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bólmish yosh avlodni tóǵri, insonparvarlik va yuksak ma’naviyatli, mustahkam hayot pazisiyasiga ega bólgan insonllar qilib tarbiyalashdan iborat.
Ózbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash, vatan ravnaqi, xalq farovonligi yólida faoliyat olib boruvchi shaxsni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ǵoyaga tayangan holda, ta’lim-tarbiya jarayonida uning qonuniyatlariga muvofiq tarbiya metodlaridan foydalanib ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bóladi.
Dunyodagi barcha bilim va tajribalar, sóz, tushuncha, tassavur hamda xulasalar bevosita va bilvosita inson faoliyati bilan vujudga keladi. Shunday ekan óquvchi yoshlarbi ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalashda óqituvchi pedagoglarning órni kata ahamiyatga ega.
Ma’naviyat benihoya keng qamrovli, chuqur mazmun-mohiyatga ega tushuncha bólib tarbiya metodlari bu óqituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan ǵoyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyǵu va odatlarni tarkib toptirish maqsadida qóllaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir kórsatish yóllari demakdir. Tarbiya metodlari óquvchilarning óz shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya metodlari óqituvchi va óquvchilarning tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan ózaro boǵlangan, birgalikdagi faoliyati sifatida qarab chiqiladi. Óquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bóladilar. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada órinli va samarali tanlanganiga hamda mohirona qóllanganiga boǵliq. Tarbiya m etodlarini tóǵri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda óquvchi yoshlarning óz-ózini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir óqituvchi tarbiya metodlari va ularnng mohiyatini puxta ózlashtirib olishi maqsadga muvofiqdir.[2]

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin