"Personalni boshqarish" kafedrasi Professional ta`lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi bitiruv malakaviy ishi


Bitiruv malakaviy ishning maqsadi



Yüklə 288 Kb.
səhifə4/13
tarix07.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#127904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Personalni boshqarish kafedrasi Professional ta`lim tizimi kad

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyǵusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat, ma`lumki, yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish, barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma`naviy-ahloqiy va jismonan soǵlom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, texnika va ilǵor texnologiyalari yutuqlaridan, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ma’daniyatini shakillantirishda ta`lim muassasalarining órni va ahamiyati katta. Maqsad yoshlarni yot ǵoyalar ta`siridan ximoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy baǵrikenglik va millatararo totuvlik ruhida tarbiyalash, biz uchun yot bólgan "ommaviy madaniyat" óquvchi-yoshlar orasiga kirib kelishiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iborat.
Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muammolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillaridan boshlab jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimizni rivojlantirib bólmaydi, chunki, mamlakatimiz taraqqiyoti shu yosh avlod qólidadir. Ularni qanchalik vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ayniqsa milliy ruhda tarbiyalay olsakgina mustaqil ona diyorimiz yanada gullab yashnaydi, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib órin egallaydi.[3]
Jahonda ǵoyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar órtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot ǵoyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qóshilib qolish holatlarini oldini olish hamda
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tóǵrisida”gi PQ-5040-son qarorida sohasiga alohida e`tibor berilayotganligining amaliy ifodasi deb hisoblansa mubolaǵa bólmaydi.


Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin