Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   289
Raqamli mobil aloqa

19.7-rasm.
LTE radiokadrining FDD rejimi uchun tuzilishi.
LTE standartida chastotaviy (FDD) va vaqtli (TDD) dupleks-
lash uchun radiokadrlarning har xil turlari ko‘zda tutilgan. 
FDD uchun radiokadr ham to‘liq dupleks, ham yarim dupleks 
rejimlari uchun ishlatilishi mumkin. Bunday kadr 0 dan 19 gacha 
raqamlangan 20 ta slotdan iborat. Ikkita yonma-yon turgan slotlar 
subkadrni tashkil etadi (19.7-rasm). 
To‘liq dupleksli rejimda radiokadrlar “pastga” va “yuqoriga” 
kanallarda parallel ravishda, lekin standartda ko‘rsatilgan vaqt su-
rilishi bilan uzatiladi. Bu rejim trafik katta bo‘lgan hollarda qulay-
roq va samaraliroqdir, ammo AUda yuqori sifatli (ya’ni, qimmat) 
dupleks filtrlari bo‘lishini talab qiladi. Amaliyotda AU har doim 
ham katta trafik bilan ishlamaydi va shuning uchun LTE standar-
tida yarim dupleksli rejim ishlatilishi ham ko‘zda tutilgan. Bunday 
rejimda AU bir vaqtning o‘zida yo uzatadi, yoki qabul qiladi. Shu 
bilan AUning qurilmasi soddalashadi (ya’ni, arzonlashadi) va tar-
moqning kanal resurslari samaraliroq ishlatiladi.
TDD rejimi uchun radiokadr 5ms li ikkita yarimkadrdan iborat 
bo‘lib, ulardan har biri 1ms li 5 ta subkadrlarni o‘z ichiga oladi. 
LTE standarti vaqtli duplekslashning 5 va 10ms li ikki siklidan 
foydalanishni ko‘zda tutadi.
Birinchi holda 1- va 6- subkadrlar bir xil bo‘lib, “pastga” va 
”yuqoriga” yo‘nalishlarda kanallarning xizmat maydonlari (mos 
ravishda DwPTS va UpPTS) dan hamda ”pastga” yo‘nalishdan 
“yuqoriga” yo‘nalishga o‘tishda kanallararo interferensiyani oldi-


300
ni olish uchun ishlatiladigan himoya intervali — GP 
(ingl. Guard 
Period)
dan iborat. Qolgan subkadrlar trafikni uzatish uchun ish-
latiladi.
Nazorat savollari:
1. Mobillik nuqtayi nazaridan abonent uskunasi qanday holat-
larda bo‘lishi mumkin?
2. Aktiv va noaktiv rejimlarda AUning mobilligi qanday ta’min-
lanadi?
3. LTE tizimlarida qanday ma’lumot yo‘qolishini kamaytirish 
mexanizmlari taklif etilgan? Ulardan qaysi biri tanlangan?
4. “Pastga” yo‘nalishda OFDM/QAM modulyatsiyasi qanday 
ishlaydi?
5. E-UTRA tarmoqlarida ko‘p antennali tizimlar nima sabab-
dan va nima uchun ishlatiladi?
6. MIMO texnologiyasiga tavsif bering? MIMO texnologiyasi-
ning prinsipi nimada? MIMO texnologiyasi qanday ish rejimla-
riga ajratiladi?
7. MIMO ishlatilganda qabul qilinayotgan kanalni qanday 
matematik ifoda bilan ko‘rsatish mumkin?
8. MIMO uchun Shennon formulasi qanday ko‘rinishga ega?
9. Fazoviy multiplekslash qanday turlarga ajratiladi? Ular qan-
day ishlatiladi?
10. MIMO tizimida qanday fazoviy ajratish turlari ishlatiladi?


301

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin