Nazorat savollari:
1. 3G tizimlariga tavsif bering va WiMAX tizimlarining qisqa-
cha rivojlanish tarixini bayon eting.
2. 3G tizimi va IMT-2000 dasturi qanday o‘zaro ta’sirlashadi?
3. WiMAX va Wi-Fi tizimlarining farqi qanday?
4. WiMAX tizimlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring.
WiMAX tizimlarining qo‘llanilish sohalarini bayon eting. WiMAX
tizimlarining qanday asosiy afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
5. HiperMAN va WiBro standartlari haqida so‘zlab bering.
6. 3.5G standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif) bering.
7. IEEE 802.16e standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif)
bering.
8. IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarining qanday
umumiy xossalari va asosiy farqlari mavjud?
190
12-bob. 3G STANDARTLARI CDMA STANDARTI
12.1. KSAT 3G konsepsiyasining asosiy nizomlari
Mobil aloqa avlodlari: “birinchi” (1G), “ikkinchi” (2G, 2.5G),
“uchinchi” (3G). (G – generation inglizchadan – “avlod”)
Hozirgi vaqtda keng ko‘lamda foydalanilayotgan KSATning
ikkinchi avlodi (2G)dan uchinchi avlod 3G ning asosiy farqi ax-
borotni katta tezlikda va katta hajmda uzata olishidir. Bu esa alo-
qani yangi sifatli darajada amalga oshiradi. Bir tomondan abonent
Internet, videokonferensiya va boshqalarga to‘laqonli kirib foy-
dalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa opera tor
faqat ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari uchun emas, balki turli kon-
tentlar, foydali axborotlar va servislar hisobiga xizmat haqi olishga
erishadi.
3G tarmoqlarining abonentlarga xizmat taqdim etishi mo-
bil aloqadan foydalanishdagi imkoniyatlarining keng ko‘lamlari
ochilmoqda, buning ustiga ham xususiy abonentlar uchun, ham
yirik korporatsiyalar uchun mobil telefon to‘g‘risidagi tushuncha-
lar o‘zgarib, u hayotning barcha jabhasida kerak bo‘ladigan ko‘p
funksiyali qurilmaga aylanayapti.
Qayd etib o‘tilgan Internet xizmatlari va videokonferensiya
aloqaga kirishlardan tashqari 3G abonentlari uzoqdan turib kor-
porativ tarmoqlardan foydalanishlari mumkin. Sotali aloqaning
uchunchi avlodi mobil faoliyat tushunchasini tubdan o‘zgartiradi.
Xodim o‘z vazifalarini xohlagan joyda bajarishi mumkin, bunga
xatto uydan chiqmasdan ham erishishi mumkin. Tassavur qiling-
ki, siz katta tezlikda harakatlanayotgan poyezda shaharga keta-
yapsiz, bunda siz hamkasblaringiz bilan videokonferensiya o‘tka-
zishingiz yoki notanish hududning joyi to‘g‘risida to‘liq xaritasi
bilan ma’lumot olishingiz mumkin, bundan tashqari butun vaqt
davomida hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan aloqada qolasiz.
3G xizmatlarining muhim elementlaridan biri mobil elektron ti-
jorat bo‘lib bunda mahsulotlar va xizmatlar haqini mobil telefon
191
orqali to‘lash mumkin. Shunday qilib u virtual sarmoya manbayiga
aylanadi. Bundan tashqari telefon shaxsiy mobil shifokor bo‘lishi
ham mumkin, ishlab chiqaruvchilar tibbiy tashxis xizmatini uzoq-
dan turib amalga oshirish ustida jiddiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Inson va uning yashash turar joylarining xavfsizligini va xabardor-
ligini ta’minlash masalasi yangi pog‘onaga ko‘tariladi. 3G abonent-
ning qayerdaligini aniqlovchi xizmatlarni taqdim qiladi va siz hech
qachon notanish shaharda adashib qolmaysiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri
mobil telefon displeyiga o‘rnatilgan videokameralardan ke ladigan
tasvirlar orqali uy yoki idorani kuzatish mumkin.
3G tarmog‘i asosida bir dunyo foydali yechimlarni o‘ylab topish
qiyin emas. Aytaylik yirik kompaniyaning savdo agentlari shaxsiy
kompyuter komplekti bilan birga 3G telefonlari bilan ta’minlash
imkonini beradi. Shuning natijasida ular xohlagan do‘konlardan
3G telefonlar orqali kompaniyaning aloqa tarmog‘iga ulanish
yo‘li bilan iste’mol qilinuvchi mollar omboriga yoki zaxiralar-
ga kirishi va mahsulotlarga kerakli miqdorda buyurtma berishi
mumkin. Xalqaro elektroaloqalar ittifoqida (MSE) yangi tex-
nologiyalarni standartlash jarayoni tugadi, bunda Yevropa, Shi-
moliy Amerika va Osiyo Tinch okeani mintaqalarining ko‘pgina
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari qatnashishdi. Uchinchi av-
lod tizimlariga qo‘yilgan yagona talablarni ishlab chiqarish va
kelishish bo‘yicha qator natijasiz urinishlardan so‘ng MSE bu
muomoni yechishga boshqa tomondan yondoshishga qaror qildi.
Yangi konsepsiyaning 3-chi avlod standartining yangi oilasiga
asoslangan IFS(IMT-2000 Familiy of Sustems) belgisini olgan
tizimlarini mavjud analogli va raqamli tarmoqlar bilan faqat
ideologik asoslar sifatida birlashtirish uchun global roumingni
saqlab qolish masalasi qo‘yildi. Bitta standart emas, balki stan-
dartlar oilasini qabul qilib, bu bilan global xalqaro standartlar-
ning tamoyillaridan voz kechib, MSE ularni uyg‘unlashtirishga
qaratilgan o‘zining urinishlarini faollashtirdi.
3-avlod standartlarining butun tizimlari CDMA texnologiyalari
asosida quriladi.
|