Chiqish kelishigi - fe’ldan anglashilgan harakatning boshlanish o‘rni, payti, harakatning bajarilish yo bajarilmasligiga vosita bo‘lgan predmetni anglatadi. Chiqish kelishigi qo‘shimchasi hamma turkiy tillarda asosan -dan bo‘lib, uning turli turkiy tillarda yigirmadan ortiq variantlari bor. Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1) qipchoq va o‘g‘iz guruh tillar, tuva va o‘zbek tillarida: -dan //-don, -tan// -ton//, -nan̸ ̸-non, -lan̸ ̸ -lon, -zon// -san// -son . Ozarbayjon:dagdan, menden, bizdan; oltoy: attaŋ, maldaŋ; gagauz: yuvadan (uyadan), deredan (daryodan), baadan (bog‘dan), sudan (suvdan),ishtan, suttan, sokaktan (ko‘chadan), inektǝn (sigirdan); o‘zbek: uydan, daladan, maktabdanva boshqalar; 2) oltoy, xakas, shor tillarida: -daŋ//-doŋ//-taŋ//-toŋ//-naŋ//-noŋ (attaŋ, sostoŋ, (so‘zdan)); 3) yoqut tilida: -tan//-ttan-//ton ( tastan (toshdan), oyurtan (o‘rmondan), borotton (bo‘ridan) kabi).
II. Kelishik kategoriyasi II.1. Hozirgi o‘zbek va ozarbayjon tillarida kelishik kategoriyasi Yuqorida ta’kidlaganimizdek hozirgi o‘zbek adabiy tilida oltita kelishik bor: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin–payt kelishigi, chiqish kelishigi. Ozarbayjon tilida ham oltita kelishik bo‘lib, ular “Hal kateqoriyasi” nomi ostida birlashadi: adliq hal, yiyelik hal, yo ‘nuluk hal, ta’sirlik hal, yerlik hal, chixishliq hal. Xuddi o‘zbek tilidagi kabi ozarbayjon tilida ham bosh kelishik (adliq hal)ning grammatik ko‘rsatkichi yo‘q. Gapda asosan ega vazifasida shu bilan birga boshqa gap bo‘laklari vazifasida ham keladi: Mardlik, sabot, g‘ayraterurinsonninghusni. (G‘. G‘ulom ) Jahankichik, alamdardi shaira. (Jahon kichik, olamning dardi shoirga) (A.Quluzoda). O‘zbek tilida qaratqich kelishigi –ning affiksi orqali hosil qilinadi. Ozarbayjon tilida qaratqich kelishigi “yiyalik hal” deb ataladi. U -in, -ın, -un, -ün affikslari orqali hosil qilinadi. Bu tilda ham qaratqich kelishigining ikki ko‘rinishi bor: 1) müǝyyǝnlik bildirǝn yiyǝlik hal 2) qeyri – müǝyyǝnlik bildirǝn yiyǝlik hal Bu xuddi o‘zbek tilidagi qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qo‘llanilishi demakdir. Bunda muayyanlik bildirgan qaratqich kelishigi muayyan konkret shaxs, narsani, qeyri muayanlik bildirgan qaratqich kelishigi esa, umumiy shaxs, narsani bildiradi.
Müǝyyǝnlik bildirǝn yiyǝlik hal (Belgili qaratqich kelishigi)
Qeyri - müǝyyǝnlik bildirǝn yiyǝlik hal (Belgisiz qaratqich kelishigi)
Ozarbayjon tilida ham xuddi o‘zbek tilidagidek belgisiz qaratqich kelishigidan so‘ng albatta 3- shaxs egalik affiksini olgan so‘z bo‘lishi kerak. Misol: Anasının dediyinǝ görǝ, musiqi vǝ șeir hǝvǝsi ona rǝhmǝtlik atası Kǝngǝrlidǝn keçmishdir. (M. Ibrahimov) Tushum kelishigida kelgan so‘z fe’l anglatgan ish-harakatning ta’sirini o‘z ustiga olgan, harakatni bevosita o‘ziga qabul qilgan narsani ifodalaydi. Gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida keladi.Tushum kelishigining affiksi -ni. O‘zbek tilida tushum kelishiginnng affiksi ba’zan (asosan she’riy asarlarda egalik affiksidan keyin) -n shaklida ham keladi: Chiroylidir go‘yo yosh kelin. Ikki daryo yuvar kokilin. (H. Olimjon) Ozarbayjon tilida tushum kelishigi “tǝsirlik hal” deb yuritiladi. U -i, -ı, -ü, -u affikslari orqali yasaladi.Bu tilda ham xuddi o‘zbek tilidagi tushum kelishigidek “tǝsirlik hal”i belgili va belgisiz holatda qo‘llanadi. Gapda vositasiz to‘ldiruvchi (vasitǝsez tamamliq) vazifasida keladi: Ovçu tülkünü gördü.(Ovchu tulkunu go‘rdu ̶ Ovchi tulkini ko‘rdi).