Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar fe’lga bog`lanib, harakat yo‘nalgan predmetni ko‘rsatadi. Jo‘nalish kelishigining affiksi -ga, -ka, -qa shakllarida keladi:shaharga, dalaga, eshikka, parkka, yotoqqa kabi. Ozarbayjon tilida jo‘nalish kelishigi “yönülük hal” deb ataladi va - a, - ǝ affikslari orqali hosil qilinadi: O daha çoh pǝhlǝvana vǝ cǝngavǝrǝ oxșayırdı.(O daha chox pahlavana va jangavara oxshayirdi — Bu daho pahlavonga va jangovorga o‘xshardi.) Jo‘nalish kelishigi o‘zbek tilidagi kabi kimga?, nimaga?, qayerga ? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Gapda asosan vositali to‘ldiruvchi, bundan tashqari makon, zamon holi kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. O‘rin-payt kelishigining shakli -daaffiksi bo ‘lib, bu kelishikdagi so‘z kimda?, nimada?, qayerda? (qayoqda?), qachon? kabi so‘rolarga javob bo‘ladi. Ozarbayjon tilida o‘rin-payt kelishigi “yerlik hal” deb atalib -da, -dǝ affikslari orqali hosil qilinadi: Ayseldə (kimdə?), kitabda, dəftərdə (nədə?), bağda, həyətdə (harada?). Chiqish kelishigining affiksi -dan bo‘lib, kimdan ? ,nimadan? ,qayerdan ?, qachondan ?, qanchadan? singari so‘roqlardan biriga javob bo ‘ladi: U do‘stidan xuddi shu daldani kutib turgan edi. (M. Ismoiliy) Ozarbayjon tilida chiqish kelishigi “Çıxışlıq hal” deb yuritiladi. U ot so‘z turkumiga va otlashadigan so‘zlarga -dan, -dǝn affikslarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Kimdən?(kimdan?), nədən?(nimadan?), haradan?(qayerdan?) so‘roqlariga javob bo‘ladi: Sevincdən (kimdən?), kitabdan, dəftərdən (nədən?), bağçadan, küçədən (haradan?). Ozarbayjon tilida ham chiqish kelishigi fe’l bilan birikib, to‘ldiruvchi vazifasida keladi: Gecǝdǝn, gündüzdǝn, aydan, günǝșdǝn, Bu ǝngın fǝzadan necǝ ǝl çǝkim ? Yar yarașıq sǝndǝn gǝlsin, Şeir, nǝǧmǝ, sǝnǝt mǝndǝn. Ozarbayjon tilida chiqish va jo‘nalish kelishiklari o‘zaro zid qo‘yiladi. Jo‘nalish kelishigi harakatni o‘zidan boshqasiga, chiqish kelishigi esa boshqa narsadan o‘ziga yo‘naltiradi: Yönülük hal (jo‘nalish kelishigi) Çıxışlıq hal(chiqish kelishigi) ↓ ↓
sǝnǝ deyiram(senga aytaman) ̶ sǝndǝn soruram(sendan so‘rayman) sǝnǝ pul verirǝm ̶sǝndǝn pul aleram (senga pul beraman) (sendan pul olaman)⁸ Ozarbayjon tilida ham tilimizdagidek chiqish kelishigi qo‘shimchasi -dan hamda ravishlar tarkibida qotib qolgan -dan qo‘shimchalari farqlanadi va o‘zaro omonim qo‘shimcha hisoblanadi: chiqish kelishigi ravish qǝnddan astadan guldǝn birdǝn Kelishik shakllarining noto‘g‘ri qo‘llanishi uslubiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: Bu Salimnigina emas, mening ham kamchiligim. Bu gapda tushum kelishigi shakli noto‘g`ri qo‘llangan. Yoki o‘rin-payt kelishigi shakli o‘rnida jo‘nalish kelishigi shaklining ishlatish ham uslubiy xato: Qarshida o‘qiyman – Qarshiga o‘qiyman kabi. Bayon qilingan fikrlarni quyidagi jadvalda umumlashtirish mumkin: