Reja: Kirish. I bob. Kelishiklarning o‘rganilish tarixi haqida


II.3. Qoraqalpoq tilidagi kelishiklar va ularning o‘rganilishi



Yüklə 81,9 Kb.
səhifə9/9
tarix02.12.2023
ölçüsü81,9 Kb.
#137859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kelishiklar

II.3. Qoraqalpoq tilidagi kelishiklar va ularning o‘rganilishi
Qoraqalpoq tilida kelishik kategoriyasi termini muqobili seplik kategoriyasidir. Xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi seplik (kelishik) qo‘shimchalari so‘zlar orasida sintaktik aloqani taminlash uchun qo‘llanadi. (awıldan keldim, jıynalısqa qatnastım). Hozirgi qoraqalpoq tilida 6 ta kelishik mavjud: ataw (bosh), iyelik (qaratqich), barıs (jo‘nalish), tabıs (tushum), shıg‘ıs (chiqish), orın (o‘rin).
Qoraqalpoq tili grammatikalarida kelishiklar o‘zlarining ma’no va grammatik ma’nolariga, shuningdek gapdagi sintaktik vazifasiga ko‘ra 1) grammatikalıq seplikler (grammatik kelishiklar); 2) ken’islik seplikler (makon kelishiklari) tarzida ikkiga ajratiladi.
Grammatik kelishiklarga ataw (bosh), iyelik (qaratqich), tabıs (tushum) kelishiklari kiritiladi.
Ataw sepligi bosh kelishik maxsus ko‘rsatkichga ega emas, gapda asosan ega vazifasini bajaradi. Sen bag‘ edin’, bu’lbil ushtı, dag‘ qaldı. (A’jiniyaz).
Iyelik sepligi – qaratqich kelishigi qarashlilikni bildiradi, gapda asosan aniqlovchi bo‘ladi. A’jiniyaz ko ‘shesi – A’jiniyazdın’ ko‘shesi.
Tabıs sepligi – tushum kelishigi ish-harakatning to‘g‘ridan to‘g‘ri obyektini bildirib, gapda tuo‘ra, ya’ni vositali to‘ldiriuvchi bo‘lib keladi. Bizge kitaptı berip jibersin. Bizge kitap berip jibersin.
Ken’islik seplikler (makon kelishiklari) gapda har xil Grammatik ma’nolarni bajaradi. Biroq ular gapda makon ma’nolarida ko‘proq qo‘llanadi.
Barıs sepligi – jo‘nalish kelishigi ish-harakatning makondagi yo‘nalishini (adamg‘a jaqın, atızg‘a deyin), shıg‘ıs sepligi – chiqish kelishigi ishharakatning makondagi chiqish nuqtasini (Apamnan basqa adam joq.), orın sepligi o‘rin kelishigi makondagi o‘rinni bildiradi. (Sheshen dawda, batır jawda bilinedi)
Qoraqalpoq tilining janubiy dialektida o‘rin bildiradigan kelishiklar a, a’, e qatnashgan affikslar yo‘g‘on va ingichka variantlarga ega. Shimoliy dialektda esa bu affiklar a, e unlilarining ishtiroki bilan yasaladi: go ‘no ‘den – ko ‘nadan, keselge – ka’sa’lge, ka’sa’lg‘a.
A.Qidirbayev 1944-yilda qoraqalpoq tilidagi kelishik kategoriyasiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasida qoraqalpoq tiliga qo‘shimcha yettinchi kelishik – komekles kelishigini qo‘shadi. 50-yillarning oxirigacha maktab grammatikalarida komekles – ko‘makdosh kelishigi o‘rin olib keldi. A.Qidirbayev bu kelishikning grammatik ko‘rsatkichlari sifatida menen, benen, penen (qalam menen, at penen, Oraz benen) elementlarini ko‘rsatdi. Muallif bu yerda hozirgi qozoq tilidagi shu kabi komekles kelishigiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Biroq qozoq tilida bu elementlar qisqarib -men, -ben, -pen shaklida kelishik affiksi bo‘lib shakllangan, menen, penen, benen shakllari esa kam qo‘llanadi. Ko‘pincha og‘zaki so‘zlashuv nutqida uchraydi.
Qoraqalpoq tilida menen, penen, benen shakllari alohida so‘zlar hisoblanib ko‘makchi (bog‘lovchi) vazifasida keladi. Shu sababli ularni kelishik affikslari deb sanamaslik kerak.
Hozirgi qoraqalpoq tilida yuqorida ko‘rsatilgan oltita kelishik mavjud. Ayrim tadqiqotchilar haligacha qoraqalpoq tilida ko‘makles sepligi – ko‘makdosh kelishigi bor, deb hisoblaydilar. Albatta, bu fikrni maqullash noto‘g‘ri.


Xulosa
Turkiy tillarning qiyosiy–tarixiy grammatikasini oʻrganishdan maqsad hozirgi turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va struktur-grammatik xususiyatlarini yaxlit holda tahlil qilish, turkiy tillar grammatikasida oltoy tillariga xos lingvistik jarayonlar ifodasini yoritish, turkiy tillarni tasniflashda fonetik, leksik, grammatik, geografik, etnik mezonlarning oʻrnini izohlash; turkiy tillarning umumiy va xususiy taraqqiyot bosqichlari haqida muayyan tasavvur hosil qilish, tipologik oʻziga xosliklarini umumlashtirish, farqli jihatlarini ajratishdan iborat.
Aslida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish uzoq oʻtmishga borib taqaladi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiy tillarni qiyosiy oʻrganish sohasida bir qator izlanishlar yuzaga keldi. Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti turkiy tillar boʻlimi, uning Sankt–Peterburg va Sibir tarmoqlari tilshunoslari tomonidan turkiy tillar fonetikasi, leksikasi, grammatik qurilishini oʻrganish yuzasidan ilmiy ishlar yaratildi.
Hozirgi turkiy tillarning shakllanishi ko‘p holda turli qabila va elat tillarining qorishuvi natijasida paydo bo‘lgan. Zero, o‘zbek va ozarbayjon tillari ham divergensiya asosida emas, balki konvergensiya (aralashuv) asosida shakllanganligi sababli, bu xalqlarning til birliklari asrlar davomida o‘zaro yonma-yon qo‘llanib kelinadi. Biz ana shu o‘xshashlikning bir qirrasini bu ikki til doirasida kelishik kategoriyasi misolida o‘ganib chiqdik. O‘xshashlik bilan bir qatorda farqli tomonlariga ham o‘z e’tiborimizni qaratdik.
Kelishik kategoriyasi har bir turkiy tilda ham o‘rganiladi. Turk tilida kelishik qo‘shimchalari shakl jihatidan va son jihatidan o‘zbek tilidan farqlanadi. Kelishiklarni qo‘shish jarayonida, albatta, talaffuzga, o‘zidan oldin kelgan unli va undoshlarga e’tibor berish shart. Turk tilidagi kelishiklarni o‘rganish o‘zbek tiliga nisbatan murakkabroq.
Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oynayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak milliy ruhni yo‘qotmakdur”.
Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarlarida fikr yuritib, shunday deydilar: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.Ona tili — bu millatning ruhidir”.
Ma’lumki, barcha turkiy tillar bir manba — turkiy tillar oilasida birlashadi. Shu sababli qardosh bo‘lgan tillarning til birliklarini o‘zaro qiyosiy aspektda o‘rganish o‘ta dolzarbdir.
Bir bobo tildan tarqalgan turkiy tillarning oʻzaro oʻxshash va farqli tomonlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Bu oʻrinda aytish mumkinki, bir oilaning farzandi boʻlgan ikki tilni solishtirishning ahamiyati nimada? Buning ahamiyati shundaki, har bir tilning boshqa tillarga oʻxshash umumiy tomoni boʻlishi bilan birga uning oʻziga xos xususiy tomoni ham boʻladi. Ana shu oʻziga xoslik har bir tilni, jumladan, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq hamda o‘zbek tillarining bahstalab, munozarali jihatlari oʻz yechimini topishga asos boʻladi.
Yüklə 81,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin