Qazag’on boshqargan. Bo’yonqulixon Chig’atoy xonlaridan birinchilar
qatorida Islomni qabul qilgan xondir. Bo’yonqulixon
maqbarasi XIV asr
o’rtasida Buxorodagi Shayxul olam Sayfiddin Boharziy qabri yaqinida
qurilgan. Maqbara binosi mayda naqsh va sirkor koshinlar bilan bezalgan
ziyoratxona va kichik xilxonadan iborat.
7
Chashmai Ayyub
maqbarasi
XIV - XVI asrlar. Chashmai Ayyub maqbarasi qadimiy va mashhur mozor
o’rnida Ayyub payg’ambarning ramziy qabri ustiga bunyod etilgan.
Buxoroning o’ziga xos obidalaridan biri.
Taxmin qilinishicha, qadimiy
qismining tarixi XII asrga borib taqaladi. Maqbara xilxonalari devorlariga
o’yilgan yozuvlarga ko’ra, Amir Temur davrida (mil. 1378-1379 y.)
saltanatning Buxorodagi vakili Amir Xujjoj tomonidan qurdirilgan. Rivoyat
qilinishicha, Ayyub alayhissalom bu suvsiz joydan o’taturib hassasi bilan
yerga urgan va chashma hosil bo’lgan.
8
Ulug’bek
madrasasi
XV asr.
Amir Temurning nevarasi, Movarounnahr hukmdori Mirzo
Ulug’bek tomonidan 1417 yili qurib bitkazilgan.
Uning peshtoqida Amir
Temur davrida Erondan keltirilgan ustaning avlodi Ismoil ibn Tohir ibn
Isfahoniy al-Bannoiyning nomi saqlanib qolgan.
Madrasa Abdullaxon II
davrida Xo’ja Sa’d Jo’yboriy tomonidan (1586 yilda) butunlay qayta
tiklangan. U o’rta asrlarda yirik madaniyat va ma’rifat maskani vazifasini
o’tagan
9
Abduxoliq
G’ijduvoniy
maqbarasi
XV asr. 1103 yilda G’ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va
so’fiylik tariqati shayxi Abduxoliq G’ijduvoniy
hazratlari sharafiga
bag’ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug’bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla
tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,
hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan.
Hazrat xalq orasida "Xojai jahon" nomi bilan mashhur, tasavvufga oid bir
qancha asarlar muallifidir. O’zbekiston Prezidentining
tashabbuslari bilan
1993 yili Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 890 yilligi keng nishonlandi.
10
Dostları ilə paylaş: