Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


VII. Aydarko’l rayonidagi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

VII. Aydarko’l rayonidagi ko’llar tizimining paydo bo’lishi bevosita 
Mirzacho’lning o’zlashtirilishi bilan bog’likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj 
suvlarining Aydarko’l botig’i tomon harakatlanishi natijasida botikdagi Tuzkon 
ko’lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko’l ko’llarining paydo bo’lishiga olib 
keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o’zgarishlar Chordara suv omboridagi (1969) 
ortikcha suvlarning tashlanishi bilan bog’liq. Bu suvlarning to’planishi natijasida 
Arnasoy ko’llari birlashib yagona Aydarko’llar tizimini va undagi faunani boyitib 
beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
VIII. Sirdaryo rayoni Sirdaryo o’zanidagi tuqayzorlari bilan ajralib turadi. 
Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo’lib, unda 
juda ko’p qushlar yig’iladi va manzarali ekoturistik obyekt bo’lib hisoblaniladi.
IX. Chirchiq - Ohangaron tog’li ekoturistik rayonda xalqaro ekologik rezervat 
joylashgani uchun ham uning xuquqiy maqomi tabiatga ara-lashmaslik prinsipiga 
moslashgirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan 
foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik 
yo’lakchalar orkali, kam sonli turistik guruhchalarga bo’lingan tarzda, yilning 
hayvonot olamini urchimaydigan va ko’paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda 
aylanish maqsadga muvofikdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining 
xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo’naltirilgan turmush tarzini 
ijobiy tomonlarga o’zgartiradi.
X. Fargona rayoni ekoturizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga kasb etadi. 
Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho’llardan tortib, to 
maftunkor tog’ cho’qqilari barchani o’ziga jalb etadi. Tog’lardagi tez oqar va ba’zida 
kechuv qiyin bo’lgan daralarda raftlarda oqish (rafting), Janubiy Farg’onadagi balan-
95


dligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi ekzotik relyef shakillariga 
hamda «Yozyovon davlat tabiat yodgorligi»dagi ajoyib tabiiy qum massivi (1994 
yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda turlar uyushtirish mumkin. 
Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq, kulrang qoyalar bilan uralgan 
toza, muzdek suvli ko’k va yashil ko’llar ham ekoturizm obyektidir.
Farg’ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli uni 
ekoturizm bilan o’ygunlikda olib borish mumkin. Rishtonda avloddan-avlodga o’tib 
keluvchi kulolchilik san’ati, Chustda do’ppiduzlik, pichoqchilik va temirchilik, 
Marg’ilonda atlas to’kish kabi milliy hunarmandchilik asrlar davomida taraqqiy etib 
kelmokda.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin