Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni
163 m
2
keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m,
absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m
2
keladigan «Xonaixudo karst g’or»da
speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va
XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash
joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida ming
yillik tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m.
botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.
VI.Zarafshon rayonida Zarafshon daryolari qayirlarida
joylashgan tuqay
landshafti, undagi o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun
tashkillashtrilgan "Zarafshon qo’rikxonasi" mavjud. Buxoro viloyatinint Shofrikon
o’rmon xujaligi x,ududida joylashgan qum cho’l landshafti, u yerdagi o’simliklar va
hayvonlar hamda tarixiy yodgorlik (Vardanza shaxar xarobalari) davlatning alohida
etibori bilan qo’rikdanadi. "Vardanza qo’riqxonasi", "To’dakul
flora va faunasini
boyitish buyurtmaxonasi", Qoravulbozor xo’jaligida joylashgan "Jayron-
ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni kupaytiruvchi "Dengizkul
buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizimlaridagi Omonquton va Temurlang karst
g’orlari kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonda O’zbekistonning qadimgi shaharlari
Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar
yakuni tarixiy-diniy
arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga
muvofikdir.
Dostları ilə paylaş: