ahamiyatga ega. Ekologik turizm nuqtai nazardan ekoturistik rayonlashtirish –
ma’lum bir hududni
uning ekoturistik holati, imkoniyati va kelajak istiqbollariga
ko’ra ajratishdir.
Ekoturistik rayonlashtirishning ilmiy asosi sifatida qo’yidagi geoekologik
tasnifiy belgilar olindi:
-
har bir tabiiy geografik kompleks qaytarilmas ekoturistik imkoniyatlarga, ya’ni
regionallik
xususiyatlariga ega;
- ekoturistik obyekt chegarasi doimo ham ma’muriy chegara to’g’ri kelavermaydi,
ya’ni tabiiy geografik kompleks ta’sir doirasida turadi va shuning uchun ham
undan kompleks foydalanish imkoniyati ochib berilishi lozim. Tabiatga
uyushtirilgan sayyohlik mohiyatida
tabiatni muhofaza qilish, turistlarning
ekologik ongi va madaniyatini ko’tarish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta
tiklash masalalari turishi lozim;
- ekoturistik rayonlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning
jozibadorligini namoyon etish
uchun ekoturstik marshurutlar, tarixiy, tabiiy,
ma’naviy-ma’rifiy, diniy kabi turistik sayohatlar bilan birga olib borish
imkoniyatlarini hisobga olish, ekoturistlarni milliy g’oya
ruhida tarbiyalash
imkoniyatini yuzaga chiqarish va h.k.
Yuqorida aytib o’tilgan ilmiy prinsip va asoslarga binoan A.Nig’matov va
N.Shomuratovalar O’zbekiston hududini 14 ta ekoturistik rayonga ajratgan..
I.Ustyurt ekoturistik rayoni. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-g’arbi –
Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik).
Uning maydoni juda katta (200 ming km
2
), yo’llari asfaltsiz, o’nqir-cho’nqir
yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ” rusumdagi
mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul. Ustyurtning
sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ekoturistik obyektlariga :
- “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik
tik qoyali jarlar bilan
o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti suvlariga ega
supasimon tekisligi;
-
davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km
2
) tuzli Borsakelmas
sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va balchiqli tuzning
qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo’ng’irot soda zavodi aynan
Borsakelmas tuzlari xisobiga qurilgan ;
- neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60
yaqin qadimiy odamlar
yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham
ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib, undan arxeolog S.P.
Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh
qurollari topilgan.
Dostları ilə paylaş: