Mir Arab madrasasi XVI asr. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy tomonidan Buxoro xoni
Ubaydullaxon 1533-1539 yillari in’om qilgan mablag’ hisobiga qurilgan.
Mazkur madrasada boshqa madrasalardan farqli o’laroq, xilxona ham
mavjud. Shayx Said Abdulloh al-Yamaniy Movarounnahrda tasavvufda
ulkan martabalarga erishgan. Mahalliy xalq uni "Arab amiri" ma’nosida
"Miri Arab", deb ulug’lagan. Buxoro amiri Ubaydullaxonning o’zi ham shu
maqbaraga dafn etilgan. Madrasada XX asrlargacha vaqf mollari saqlangan
bo’lib, undan mudarris, talaba va imomlarga maosh tariqasida
foydalanishgan. Bugungi kunda madrasada O’zbekiston musulmonlari
idorasiga qarashli Mir Arab Islom o’rta-maxsus bilim yurti faoliyat
ko’rsatmoqda.
15
Chor Bakr me’moriy majmuasi XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug’ining boshlig’i Xoja Ismoil
tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog’ida "Chor Bakr "
(to’rt Bakr) nomi bilan mashhur bo’lgan qabristonga asos solindi. Unda
asosan (Imom Bakri Sa’d, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom
Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn
etilganlarning sag’analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg’unlikdagi
uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old
tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi
va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi.
16
Ko’kaldosh madrasasi Ko’kaldosh madrasasi - Buxoro shahridagi Labihovuz ansambliga kiruvchi
arxitektura yodgorliklaridan biri, 1568-1569 yillari qurilgan. Buxoro
amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan ikki qavatli imorat.
Madrasada 160 ta hujra bo’lib, ularda nafaqat Buxoro amirligi, balki butun
O’rta Osiyo, Orenburg, Qozon, hatto Qrimdan kelgan talabalar tahsil
olganlar. Minoraning dekorativ gumbazlari noyob silliqlangan g’ishtdan
"o’rgimchak inisimon " qilib terilgan. Bu gumbazlarni Buxoro maktabi
uslubida ishlangan eng yaxshi monumental san’at namunalari, deyish
mumkin. Qulbobo Ko’kaldosh Amir Abdullaxon Shayboniy bilan birga sut
emishganligi uchun Ko’kaldosh, ya’ni ko’krakdosh deb atalgan.
17