Muhammad Aminxon madrasasi XIX asr. Xorazm me’morligining yorqin namunalaridan hisoblangan, 1851-
1855 yillari qurilgan bu madrasaning tashabbuskori Xiva xoni Muhammad
Aminxon edi. Madrasada 125 ta hujra bo’lgan. XVIII asrning 60-yillarida
Xiva xonligida hokimiyatni qo’ng’irotlar qabilasidan bo’lgan inoqlar asta-
sekin qo’llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarning
qo’llab-quvvatlashiga erishdilar. Ana shu davrda hukmronlik qilgan Inoq
Muhammad Aminxon (1763-1790 y.) qishloq xo’jaligi va savdo ishlari
rivojiga keng yo’l ochib berdi. Bu davrda dehqonchilik va hunarmandchilik
asta-sekin tiklana boshladi
41
Muhammad Rahimxon madrasasi XIX asrning ikkinchi yarmi. Xivadagi me’moriy yodgorliklardan biri
bo’lgan bu madrasa 1871 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz)
tomonidan qurilgan. Muhammad Rahimxon II 1844-1910 yillarda yashab
o’tgan. U mamlakat madaniyati va iqtisodiy hayotini ko’tarishda ilg’or
tadbirlarni amalga oishrdi. Madaniyat va fan arboblariga homiylik qildi. O’zi
ham Feruz taxallusi bilan ijod qilgan. Muhammad Rahimxon ulamolarga,
shoiru adiblarga, umuman, turli sohaning fazilatli kishilariga homiylik
ko’rsatgan xondir. She’riyatda Ogaxiyni va iymon-ye’tiqod, dinu diyonat
hamda shariatda adolatpeshaligi bilan mashhur bo’lgan qozikalon, shayxul
islom Salimoxun Matnona o’g’lini ustoz va pir tutdi. El-ulusning iqtisodiy-
madaniy darajasini ko’tarish choralarini ko’rdi. U Turkiston xonliklarida
birinchilar qatorida toshbosmaxona va suratxona qurdirgan.
42
Islomxo’ja madrasasi va minorasi XX asr boshlarida qurilgan Islomxo’ja madrasasi va minorasi Xivaning
dovrug’ini olamga taratgan. Uni yaratish tashabbuskori va homiysi
Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo’ja bo’lgan. Minora Xivaning
faxridir. Islomxo’ja o’z davrining fan, madaniyat, texnika yangiliklariga
g’oyat qiziquvchi davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan
davlatlari qatorida ko’rishni istar, Vatanii tashqi dunyo bilan bog’lashga
intilar, ilg’or g’oyalar bilan to’lib-toshgan inson edi. U Xiva qadimiy
obidalarini saqlash, ta’mirlash ishlariga ham katta g’amxo’rlik ko’rsatgan.
Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun “Vaziri 109kbar “ unvoni berilgan.
U Xivada pochta va telegraf binosi, Nurullaboy saroyi, maktab va kasalxona
qurdirgan.
43