Yusuf Hamadoniy maqbarasi Imom Yusuf Hamadoniy XII asrda yashagan, go’zal axloqi, yuksak
maqomati va karomati bilan mashhur bo’lgan ulug’ mutasavvif. Bag’dod,
Isfahon va Samarqand kabi ko’hna shaharlarning ilmiy majlislarida ishtirok
etgan. Yusuf Hamadoniy "xojagon"lar tariqatining asoschilaridan biri
hisoblanadi. Tariqat ilmining yorqin namoyandalari Abduxoliq G’ijduvoniy
va Ahmad Yassaviylarga ustozlik qilgan. Tasavvufga oid asarlar muallifi.
34
Shayx Muxtor Valiy maqbarasi XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohi Al-Maqdisiyning
yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod etilgan. Masjidning
dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo’q bo’lib ketgan va o’rniga 1788
yilda xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning qoq
markazida qad rostlagan bu tarixiy obidaning o’ziga xos tomoni shundaki,
uni o’yma naqshi ustunlar ko’rgazmasi, desa bo’ladi. Chunki bu yerda jami
212 ta ustun bo’lgan. Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi necha zamonlar kishilarga ilm-ma’rifat tarqatish o’chogi vazifasini o’tagan.
35
Said Alouddin maqbarasi XIV - XVIII asrlar. Bu maqbara XIV asrda so’fiy Amir Kulol tomonidan
ustozi Shayx Alouddin qabri ustiga qurdirilgan. Zamonlar o’tib, maqbara
atrofida turli qabrlar ko’payishi tufayli u ko’milib ketgan. Ilmiy qazilmalar
natijasida mazkur yodgorlikning dastlabki ko’rinishiga doir ma’lumotlar
aniqlandi. Maqbara ziyoratxona va daxmadan iborat. Daxma va sag’analar
o’ymakor naqshlar bilan bezatilgan. Ularning birida Said Alouddinning
vafoti sanasi 1303 yil 18 mart, deb yozilgan. Maqbarani 1825 yili me’mor
Hibbiqulixo’ja o’g’li Hamidxo’ja ta’mirlagan
36
Juma masjidi XVIII, XIX asrlar. X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohi Al-Maqdisiyning
yozishicha, Juma masjidi X - XI asrlarda bunyod etilgan. Masjidning
dastlabki binosi asrlar davomida nurab yo’q bo’lib ketgan va o’rniga 1788
yilda xuddi avvalgi uslubda yangi masjid qurishgan. Ichan qal’aning qoq
markazida qad rostlagan bu tarixiy obidaning o’ziga xos tomoni shundaki,
uni o’yma naqshi ustunlar ko’rgazmasi, desa bo’ladi. Chunki bu yerda jami
212 ta ustun bo’lgan. Hozirda ulardan 25 tasi saqlanib qolgan. Juma masjidi
necha zamonlar kishilarga ilm-ma’rifat tarqatish o’chogi vazifasini o’tagan.
37